Ta'lim sifatini nazorat qilish inspeksiyasi qalbaki nostrifikatsiya guvohnomalari haqida ogohlantirdi
Ta'lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi respublikaning ta'lim tizimini nazorat qiluvchi organi sifatida o‘z faoliyatini boshlagan o‘tgan 2 oylik faoliyati davomida 10 dan ortiq xorijiy davlatlarda ta'lim olganlik to‘g‘risidagi diplomlarni nostrifikatsiya qilinganligi to‘g‘risidagi qalbaki guvohnomalar aniqlandi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta'lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi xabar berdi.
Qayd etilishicha, ushbu guvohnomalar yuzasidan ichki ishlar organlariga tezkor xabarlar berilgan.
Xorijiy davlatlarda ta'lim olganlik to‘g‘risidagi o‘rta maxsus, kasb-hunar va oliy ta'lim hujjatlari faqat Ta'lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi tomonidan nostrifikatsiya qilinishi ta'kidlangan.
Mavzuga oid
18:35 / 03.10.2024
O‘zbekiston global bilimlar indeksida 78-o‘rinni egalladi
23:16 / 30.09.2024
Rossiyada migrantlar farzandlari maktabga imtihon bilan qabul qilinishi mumkin
21:10 / 30.09.2024
Prezident o‘qituvchi va murabbiylarni bayram bilan tabrikladi
13:51 / 30.09.2024