Tojikistonda qurolli kuchlarni boshqarish markazi tashkil etildi
Tojikiston prezidenti Imomali Rahmon 21 fevralda mamlakat qurolli kuchlarini boshqarish markazini ochib berdi. Ushbu markaz Tojikiston armiyasi tashkil etilganining 25 yilligiga atalgan.
Markaz mamlakatga biror tahdid vaziyatida Tojikiston qurolli kuchlari bosh qo‘mondoni Imomali Rahmonning asosiy harbiy boshqaruv punkti bo‘ladi.
Markaz Tog‘li Badaxshon muxtor viloyati, So‘g‘d va Xatlon viloyatlari hamda Rasht vodiysi ma'muriy markazlari bilan bog‘langan. Markaz eng zamonaviy yopiq videokonferensiya tizimi bilan jihozlangan. U orqali ma'lumot elektron formatda uzatiladi.
Markaz mamlakatning barcha harbiy garnizonlarida bir vaqtda o‘tuvchi muhim harbiy tadbirlarni boshqarish va nazorat qilishga imkon beradi.
Markaz funksiyalarini kengaytirish maqsadida ikkinchi bosqichda havo hujumiga qarshi avtomatlashtirilgan boshqaruv tizimi markazini tashkil etish, harbiy-havo va havo hujumiga qarshi mudofaa kuchlari, quruqlikdagi qo‘shinlar boshqarmalarida boshqaruv punktlari va boshqa harbiy bo‘linmalarda 10 taga yaqin boshqaruv markazlarini barpo etish rejalashtirilgan.
Bundan tashqari, ko‘chirib yuriluvchi boshqaruv punktlari tashkil etiladi. Ularning faoliyati qurolli kuchlarni boshqarish markazi faoliyati bilan tizimlashtiriladi.
Mavzuga oid
22:55 / 12.10.2024
Tojikiston Ombudsamni migrantlar huquqlari buzilayotgani sababli Rossiya rasmiylariga murojaat qildi
12:00 / 11.10.2024
Tanzila Norboyeva Imomali Rahmon bilan uchrashdi
18:54 / 09.10.2024
Imomali Rahmon MDH faoliyatida o‘zgarishlar bo‘lishini e’lon qildi
21:15 / 08.10.2024