22:41 / 23.02.2018
9055

Wal-Mart egalari oilasi bir necha kun ichida 18 milliard dollardan mahrum bo‘ldi

Foto: Mark Schiefelbein / AP / TASS

Chorak hisoboti taqdim etilganidan keyin Wal-Mart asoschisi Sem Uolton avlodalarining moliyaviy holati 18 milliard dollarga qiqsardi. Forbes ma'lumotlari shundan dalolat bermoqda. Bu reteyler onlayn-sotuvlarning o‘sish ko‘rsatkichlari sekinlashgani hamda daromadning pasaygani haqida ma'lum qilganidan keyin ro‘y berdi.

Wal-Mart aksiyalari bir necha kun ichida 14 foizga pasaygan - 104,72 milliarddan 91,73 milliard dollarga. Bu 2017 yilning so‘nggi choragidagi hisobot ma'lumotlari taqdim etilganidan so‘ng qayd etildi. Tahlilchilarning fikricha, bu reteylerga Amazon bilan raqobatlashish qiyin kechayotgani bildiradi. 

Wal-Mart'ning 2017 yil to‘rtinchi choragidagi hisoboti 2016 yilning so‘nggi choragidagi hisobotiga taqqoslanganda daromadning 42 foizga - 2,18 milliard dollarga pasayganini ko‘rish mumkin, bu esa tahlilchilar kutganidan past ko‘rsatkich. 

Sem Uoltonning barcha farzandlari - Jim, Rom va Elis Uoltonning moliyaviy ahvoli taxminan 5,1 milliard dollarga qisqardi. Ularning kelini - marhum Jon Uoltonning turmush o‘rtog‘i Kristi va uning o‘g‘li Lukas 1,5 milliard dollar yo‘qotishdi. Shuningdek Enn Uolton Krenke va Nensi Uolton Lorilar ham bir necha yuz million dollardan mahrum bo‘lishdi.

Shunga qaramay, Uoltonlar yirik chakana savdo biznesi muvaffaqiyati tufayli avvalgidek sayyoraning eng badavlat kishilari qatorida qolishmoqda. Jim va boshqa vorislar umumiy hisobda Wal-Mart aksiyalarining yarmidan kamrog‘iga egalik qilishadi. Faqatgina oilaning ikki a'zosi - Rob va Jimning o‘g‘li Styuart - bugungi kunda direktorlar kengashi tarkibida bo‘lib, kompaniya boshqaruvida ishtirok etishmoqda.

Mavzuga oid
Top