Britaniya Ukrainadagi uruşda Rossiyaning yöqotişlarini 450 ming kişi atrofida baholayapti, ular halok bölgan yoki yaralangan. Bu ma’lumotni qirollik qurolli kuçlari vaziri Leo Dokerti taqdim etdi, deb yozadi 27 aprel kuni UK Defence Journal.
Dokerti Britaniya parlamenti a’zosi Jon Xilining Ukrainada jang qilayotgan rossiyalik harbiylar soni va Rossiya armiyasining yöqotişlari haqidagi savoliga javob berdi. «Bizning hisob-kitoblarga köra, 450 mingga yaqin rossiyalik askar halok bölgan yoki yaralangan, mojaro boşlanganidan beri yana ön minglab askarlar frontdan qoçib ketgan», - deya vazirning javobidan iqtibos keltiradi UK Defence Journal. Uning sözlariga köra, Rossiyaning xususiy harbiy kompaniyalari (XHK)da xizmat qilgan halok bölgan harbiylar soni aniq emas.
«Bizning hisob-kitoblarga köra, Ukraina tomonidan 10 mingdan ortiq rus zirhli texnikasi, şu jumladan 3000 ga yaqin asosiy jangovar tanklar, 109 samolyot, 136 vertolyot, 346 ta uçuvçisiz uçiş apparati, 23 ta barça toifadagi dengiz floti kemalari hamda 1500 dan ortiq barça turdagi artilleriya tizimlari yöq qilingan, taşlab ketilgan yoki qölga olingan», dedi vazir.
Rossiya Ukrainadagi yöqotişlarni oşkor qilmayapti
Rossiya hukumati Ukrainadagi armiya yöqotişlarini oşkor etmayapti. AQŞ Markaziy razvedka boşqarmasi boşliği Uilyam Berns 30 yanvar kuni Amerikaning Foreign Affairs naşri uçun özining ruknida Rossiya armiyasining umumiy yöqotişlarini 315 ming kişi deb baholagandi.
Aprel oyi boşida BBC rus xizmati va «Mediazona» naşri jurnalistlari köngillilar jamoasi kömagida oçiq manbalarga asoslanib, harbiy harakatlar boşlanganidan beri halok bölgan 50 016 nafar rossiyalik harbiyning ismini aniqladi.
OAV ma’lumotlariga köra, tasdiqlangan yöqotişlarning qariyb 18 foizi mahbuslar, 13 foizi frontga ketgan köngillilar va 12 foizi safarbar qilinganlardan iborat. Jurnalistlar ta’kidlaşiça, oçiq manbalarda barça harbiy ölimining yarmini oşkor qilinişi mumkin.


















