Jamiyat | 12:16 / 19.03.2018
8012
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistondagi Amerika savdo palatasi prezidentining Navro‘z bayrami munosabati bilan tabrigi 

Foto: Amerika savdo palatasi

Menga O‘zbekistondagi Amerika savdo palatasi direktorlar kengashi va a'zolari nomidan, Prezident Shavkat Mirziyoyev va O‘zbekiston xalqini Navro‘z bayrami bilan tabriklashga ijozat bergaysiz.

Fursatdan foydalanib, janob Shavkat Mirziyoyevni prezidentlik lavozimiga kirishganidan so‘ng boshlangan iqtisodiy islohotlar jarayoni bilan tabriklamoqchiman.

Biz uning eng murakkab vazifalarini bajarishga qat'iylik bilan kirishganini olqishlaymiz va O‘zbekistondagi Amerika savdo palatasi islohotlarni to‘liq qo‘llab-quvvatlashi hamda O‘zbekiston hukumati bilan doimiy muloqotda faol ishtirok etishga tayyor ekanligini tasdiqlaymiz.

O‘zbekistondagi Amerika savdo palatasi prezidenti
Hyugo Minderhoud

Mavzuga oid