Jamiyat | 13:05 / 14.04.2018
13237
3 daqiqa o‘qiladi

Jizzaxda bolalar bilan bog‘liq yo‘l-transport hodisalari salmog‘i hamon yuqoriligicha qolmoqda

Foto: Jizzax viloyati IIB YHXB Matbuot xizmati

Joriy yilning o‘tgan uch oyi davomida Jizzax viloyati hududidagi avtomobil yo‘llarida 61 ta yo‘l-transport hodisasi sodir etilib, shundan 
17 nafar fuqaro vafot etgan va 56 nafar fuqaro turli xildagi tan jarohatlari olishgan. Bu haqda Jizzax viloyati IIB YHXB Matbuot xizmati KUN.UZ’ga ma'lum qilmoqda.

Soha tomonidan amalga oshirilayotgan ijobiy ishlarga qaramasdan viloyat hududida bolalar bilan bog‘liq sodir etilayotgan yo‘l-transport hodisalari salmog‘i ham hamon yuqoriligicha qolmoqda. Joriy yilning o‘tgan uch oyi davomida viloyat hududida bolalar bilan bog‘liq yo‘l-transport hodisalarining soni o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 6 tadan 6 taga barqaror bo‘lib, hodisalarda vafot etgan bolalar soni 3 nafardan 1 nafarga kamaygan bo‘lsa-da, biroq hodisalarda tan jarohati olgan bolalar soni 3 nafardan 6 nafarga oshgan.

Viloyat ichki ishlar boshqarmasi Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi tomonidan yo‘l-transport hodisalarining oldini olish borasida qator ijobiy ishlar amalga oshirilmoqda. Jumladan:

Joriy yilning o‘tgan 3 oyi davomida viloyat hududidagi ta'lim muassasalarida 412 marotaba, avtokorxona va tashkilotlarda 283 marotaba hamda mahallalarda 127 marotaba uchrashuvlar va suhbatlar o‘tkazildi.

Joriy yilning 12 aprel «Payshanba» jinoyatchilik va huquqbuzarliklar profilaktikasi kuni doirasida Jizzax viloyat IIB YHXB va Jizzax viloyat prokuraturasi bilan hamkorlikda profilaktik tadbirlar tashkil etildi. Jumladan, joriy yilning 4 aprel kuni viloyat hududida 8 nafar fuqaro o‘limi bilan bog‘liq sodir etilgan og‘ir oqibatli yo‘l-transport hodisasi ishtirokchisi bo‘lgan tranport vositalari va boshqa YTHlarga uchragan avtomashinalar maxsus evakuatorlarga ortilib, “Targ‘ibot avtokarvoni” tashkil etildi. Ushbu “Targ‘ibot avtokarvoni” Jizzax shahrining odamlar gavjum va ko‘p to‘planadigan joylarda, viloyat hududidagi bozorlarga tashrif buyurib, YHXB va viloyat prokuraturasi mas'ul xodimlari tomonidan tushuntirish ishlari olib borildi.

Foto: Jizzax viloyati IIB YHXB Matbuot xizmati
Foto: Jizzax viloyati IIB YHXB Matbuot xizmati
Foto: Jizzax viloyati IIB YHXB Matbuot xizmati
Foto: Jizzax viloyati IIB YHXB Matbuot xizmati
Foto: Jizzax viloyati IIB YHXB Matbuot xizmati

Bundan tashqari, viloyat hududida haydovchilarga va harakat ishtirokchilariga 5000 dan ziyod “Haydovchi shoshilma, seni uyda oilang kutmoqda” shiori ostida tayyorlangan bukletlar tarqatildi.

Mavzuga oid