Jahon | 10:33 / 21.04.2018
4854
1 daqiqa o‘qiladi

Xitoy kompaniyasi Tojikistonga qo‘shni mamlakatlarga elektr energiyasi uzatishda ko‘maklashyapti

Xitoyning Tebian Electric Apparatus Stock Co., Ltd. kompaniyasi Tojikistonga qo‘shni davlatlarga elektr energiyasini eksport qilishda yordam beryapti, deb xabar berdi “Avesta”.

Xususan, 2018 yilning mart oyida Panjikent shahrida “Ayniy-Rudakiy” 220 kilovatt elektr uzatish tarmog‘i va rekonstruksiya qilingan “Rudakiy” nimstansiyasining ishga tushirilish marosimi o‘tkazildi. “Rudakiy” nimstansiyasi orqali O‘zbekistonning Samarqand viloyatiga elektr energiyasi yetkazib berish va qabul qilish qulayligi mavjud, deb yozmoqda “Xalq so‘zi”.

Qayd etilishicha, Tojikiston O‘zbekistonga janubiy yo‘nalishda elektr quvvati uzatishni boshladi, endi shimoliy elektr tizimlari bo‘yicha mazkur imkoniyatni o‘rganib chiqmoqda.

 

Mavzuga oid