12:55 / 10.05.2018
5296

Mikrokredit tashkilotlari tomonidan moliyaviy operatsiyalarni amalga oshirish qoidalariga o‘zgartirish kiritildi 

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining qarori bilan Mikrokredit tashkilotlari tomonidan moliyaviy operatsiyalarni amalga oshirish qoidalariga o‘zgartirish va qo‘shimcha kiritildi.

Mikrokredit tashkilotlari tomonidan moliyaviy operatsiyalarni amalga oshirish qoidalariga kiritilayotgan o‘zgartirish va qo‘shimcha:

1. 4-band quyidagi tahrirda bayon etildi:

“4. Mikrokredit tashkilotining kapitali kuyidagi komponentlardan iborat:

a) ustav kapitali;
b) zaxira kapitali;
v) taqsimlanmagan foyda;
g) boshqa o‘z mablag‘lari.”.

2. 6-band quyidagi mazmundagi xatboshilar bilan to‘ldirildi:

“mikromoliyaviy xizmatlar ko‘rsatish shartnomalari bo‘yicha yillik qarz summasining yarmidan ko‘p miqdorida foizlar hisoblash, komissiya va neustoyka (shtraf, penya) undirish, javobgarlikning boshqa choralarini qo‘llashga;

kredit buyurtmalarini ko‘rib chiqish, mikrokreditlar (mikroqarzlar) ajratish, ssuda hisobvaraqlariga xizmat ko‘rsatish uchun to‘lovlar, shuningdek jismoniy shaxslar tomonidan mikrokreditlar (mikrokarzlar) muddatidan ilgari so‘ndirilganligi uchun neustoyka undirishga.”.  

 

Mavzuga oid
Top