Mayning-pul – mayning jarayonini ta’minlaş maqsadida hisoblaş quvvatlarini birlaştiruvçi elektron platformani taqdim etuvçi taşkilot.
Mayning-pulning elektron platformasida quyidagilarni amalga oşiriş taqiqlanadi:
- mayningni amalga oşiriş jarayonida topilgan kripto-aktivlarni sotib oliş, sotiş va (yoki) boşqa kripto-aktivlarga ayirboşlaş böyiça operatsiyalar;
- mayning-pul iştirokçilarining kripto-aktivlarini saqlaş;
- muqaddam muomalaga kiritilgan kripto-aktivlarni mayning-pul va mayning-pul iştirokçilarining kripto-hamyonlariga ötkaziş;
- anonim kripto-aktivlar mayningi va boşqa operatsiyalarni amalaga oşiriş.
Mayning-pul iştirokçilarning mayningni amalga oşirişda topilgan kripto-aktivlarini (şu jumladan ularning nomidan) kripto-aktivlar bilan boşqa operatsiyalarni amalga oşiriş maqsadida işlatişga haqli emas.
Mayning-pul quyidagilar bilan şartnoma tuzişga haqli emas:
- Özbekiston rezidentlari bölgan jismoniy şaxslar;
- 18 yoşga tölmagan şaxslar;
- majburiy identifikatsiyadan ötmagan milliy va xorijiy maynerlar;
- jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallaştirişga, terrorizmni moliyalaştirişga va ommaviy qirğin qurolini tarqatişni moliyalaştirişga qarşi kuraşiş sohasidagi qonunçilik hujjatlariga asosan terrorçilik faoliyatida yoki ommaviy qirğin qurolini tarqatişda iştirok etayotgan yoki iştirok etişda gumon qilinayotganlar röyxatiga kiritilgan şaxslar.













