UYeFA ijro qo‘mitasining Kiyev shahrida o‘tkazilgan yig‘ilishida 2019/20 mavsumida Yevropa klublar turnirining finallarini qabul qiladigan shaharlar e'lon qilindi.
Chempionlar Ligasi 2019/20 yilgi mavsumi finali Turkiyaning Istanbul shahridagi Kamol Otaturk nomli stadionda o‘tkaziladi. Bu YeChL finali 15 yildan keyin yana Turkiyaga qaytishidir - 2004/05 yilgi mavsumda «Milan» va «Liverpul» o‘rtasida YeChL tarixidagi eng dramatik final uchrashuvi bo‘lib o‘tgandi.
YeChLning bu yilgi finali Kiyevda, keyingi mavsum finali esa Madridda o‘tkaziladi.
![](https://storage.kun.uz/source/dasa1.jpg)
Foto: UYeFA
Yevropa Ligasi finali esa Polshaning Gdansk shahrida bo‘lib o‘tadi.
2018 yilgi Yevropa Ligasi finalida 16 may kuni Lionda bo‘lib o‘tdi va unda «Atletiko» «Marsel» yirik hisobda yengdi (3:0), 2019 yilgi finalga Boku mezbonlik qiladi.
![](https://storage.kun.uz/source/dasa2.jpg)
Foto: Football.ua
2020 yilgi UYeFA Superkubogi uchun bahsni Portu shahridagi «Dragau» stadioni qabul qiladi.
2020 yilgi Superkubok mezbonligi uchun Portugaliyadan tashqari, Belarus, Finlyandiya, Fransiya, Albaniya, Isroil, Qozog‘iston va Shimoliy Irlandiya da'vogarlik qilgandi.
![](https://storage.kun.uz/source/dasa3.jpg)
Foto: «Portu»