Bosh vazir Samarqandning tarixiy qismidagi qurilish ishlari bilan tanishdi
O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov bugun Samarqand shahriga tashrif buyurgan. Bu ma'lumotni Kun.uz’ga Samarqand shahar hokimligi axborot xizmati tasdiqladi.
Bosh vazir o‘z tashrifi davomida shaharning tarixiy qismida olib borilayotgan qurilish ishlari bilan tanishgan.
A.Aripov shaharning tarixiy qismida olib borilayotgan qurilish ishlari mobaynida O‘zbekistonda amal qilayotgan xalqaro hujjatlarga to‘liq rioya etilishini talab etgan. Jumladan, YuNeSKO butunjahon merosi ro‘yxatiga kirgan hududda olib borilayotgan qurilish va obodonlashtirish ishlari shaharning tarixiy binolari qiyofasini buzmasligi kerakligini qayd etgan.
Bosh vazir yo‘l qo‘yilgan qonunbuzarliklar uchun qat'iy choralar qo‘llanilishini bildirib o‘tgan.
Mavzuga oid
07:15 / 02.10.2024
Samarqand arxitektura-qurilish universitetida yong‘in sodir bo‘ldi
07:10 / 02.10.2024
Tel-Aviv - Samarqand - Toshkent aviaqatnovi majburiy kechiktirildi
22:17 / 01.10.2024
Abdulla Aripov Yerevanda Eron birinchi vitse-prezidenti bilan uchrashuv o‘tkazdi
12:40 / 01.10.2024