09:59 / 02.07.2018
17304

Bir kunda 200 mingdan ortiq aviaparvoz – yilning eng serqatnov kuni ma'lum qilindi

Foto: Shutterstock

2018 yil 29 iyun kuni dunyo aviaxizmatlari va aviaparvozlari sohasida eng band kun bo‘ldi. Bu haqda Flightradar24.com portali Twitter ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida shu haqda bayonot bergan. Portalning 30 iyun kuni yozgan tvitida shunday deyiladi:

“Yesterday was the busiest day of the year in the skies so far and our busiest day ever. 202,157 flights tracked! The first time we've tracked more than 200,000 flights in a single day. – Kecha osmonda yilning eng serqatnov kuni bo‘ldi, shunga ko‘ra, bizning ham eng tig‘iz kunimizdir. 202 157 qatnov kuzatildi. Biz ilk marotaba bir kunda 200 mingdan ortiq aviaparvozni kuzatdik”, - deyiladi portal bayonotida. 

 

Mavzuga oid
Top