Iqtisodiyot | 18:27 / 17.04.2018
5345
3 daqiqa o‘qiladi

Latviya O‘zbekistonga ikki mamlakat poytaxtlari o‘rtasida aviaparvozlar sonini ko‘paytirishni taklif qildi

O‘zbekiston Tashqi savdo vazirligida Latviya Seymi raisi Inara Murniyetse boshchiligidagi Latviya delegatsiyasi bilan uchrashuv o‘tkazildi. Tashqi savdo vazirligi matbuot xizmati shu haqida xabar berdi.

Inari Murniyetsening so‘zlariga ko‘ra, Latviya transport-logistika sohasidagi hamkorlikni rivojlantirishga katta e'tibor qaratadi. Shu bois Latviya delegatsiyasi tomonidan ikki mamlakat poytaxtlari o‘rtasida aviaparvozlar sonini ko‘paytirish masalasini ko‘rib chiqish taklif etildi. O‘z navbatida, O‘zbekiston tomon yuk tashish tariflari, shu jumladan temir yo‘l transporti orqali tashish uchun chegirmalar taqdim etish masalasini ko‘rib chiqishni taklif qildi.

Foto: Tashqi savdo vazirligi matbuot xizmati
Foto: Tashqi savdo vazirligi matbuot xizmati

«Latviya O‘zbekistonning muhim hamkori bo‘lib, uning geografik joylashuvi va rivojlangan transport infratuzilmasi hisobiga Respublikamizning tashqi savdosida muhim rol o‘ynaydi. Latviyaning Riga va Liyepaya shaharlari portlariga chiqishga imkon beruvchi mavjud transport koridori har ikki yo‘nalishda yuk tashish hajmini yanada oshirish uchun sezilarli salohiyatga ega. Ikki mamlakat transport tizimlari orqali tovarlarni tranzit qilish uchun tariflarni optimallashtirish, O‘zbekiston va Latviya hududlari bo‘ylab yuk tashish hajmini sezilarli darajada oshiradi», - deydi Tashqi savdo vaziri Jamshid Xodjayev.

Foto: Tashqi savdo vazirligi matbuot xizmati

Tomonlar, iqtisodiy, sanoat va ilmiy-texnikaviy hamkorlik bo‘yicha ikki tomonlama hukumatlararo komissiya majlisidan oldin, savollarni ko‘rib chiqish maqsadga muvofiqligini tasdiqlashdi

Ta'kidlash joizki, HK ikki davlat o‘rtasidagi aloqalarni rivojlantirishda muhim rol o‘ynaydi. Latviya tomoni, komissiyaning kelgusidagi majlisi tartibini Latviya Respublikasi atrof-muhitni muhofaza qilish va mintaqaviy rivojlanish vaziri K. Gerxardsning O‘zbekistonga tashrifi doirasida muhokama qilinishi haqida ma'lumot berdi. Hukumatlararo muzokaralardan tashqari, Latviya parlamenti a'zolari ikki mamlakat ishbilarmon doiralarining to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqalarni o‘rnatishga imkon beruvchi O‘zbekiston-Latviya biznes-kengashini tashkil etishni taklif qildilar.

Uchrashuv doirasida Latviya delegatsiyasi O‘zbekiston Respublikasining Boltiqbo‘yi mintaqasida savdo-iqtisodiy manfaatlarini ilgari surishga tayyor ekanini ta'kidladi. Xususan, ayrim masalalarni muhokama qilish uchun Latviya Respublikasi faol ishtirok etadigan «Shimoliy-Boltiqbo‘yi Sakkizligi» (NB-8) maydonidan foydalanish taklif etildi.

Uchrashuv doirasida Latviya tomonidan Farg‘onada «Turizm, mehmonxona va restoran xizmatlari» yo‘nalishi bo‘yicha Axborot tizimlarini boshqarish oliy maktabi filialini ochish va shuningdek, katta tajriba to‘plashga ulgurgan elektron hukumat va yashil texnologiyalar sohalarida hamkorlik qilishga qiziqish bildirildi.

 

Mavzuga oid