Jamiyat | 12:49 / 24.07.2018
8038
2 daqiqa o‘qiladi

Davlat xizmatlari markazi fuqarolarga huquqiy maslahatlar bermoqda

15 iyul kuni Toshkent viloyati, Chinoz tumani Davlat xizmatlari markazi xodimlari tomonidan «Obod qishloq» dasturi bo‘yicha Chinoz tumani «Yallama» QFY Dehqonobod MFYda sayyor qabul o‘tkazilib, fuqarolarga huquqiy maslahatlar berildi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 20 apreldagi «Fuqarolarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha chora-tadbirlar hamda o‘zboshimchalik bilan qurilgan turar joylarga nisbatan mulk huquqini e'tirof etish bo‘yicha bir martalik umumdavlat aksiyasini o‘tkazish to‘g‘risida»gi PF-5421-son Farmoni ijrosi yuzasidan qabul qilingan Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 21 iyundagi 461-sonli qarorining ijrosini o‘z vaqtida ta'minlash maqsadida, sayyor qabulda Chinoz tumani Dexqonobod mahallasi, Bodomzor ko‘chasida istiqomat qiluvchi Nodir Shavktovich Abubakirovga yordam ko‘rsatildi. U ko‘p yillardan beri uy-joyiga nisbatan mulk huquqini e'tirof eta olmay kelayotgandi.

Yuqoridagi qarorga asosan, Abubakirovning arizasi Davlat xizmatlari markazi xodimlari tomonidan olinib, shu kunning o‘zida tuman komissiyasiga taqdim etildi. Ushbu fuqaroga huquqiy va amaliy maslahatlar berilgan. Xonadon egasi hukumatdan va Chinoz tumani Davlat xizmatlari markazi xodimlaridan minnadorchiligini bildirgan.

Mavzuga oid