Boş prokuratura huzuridagi departamentning Çinoz tuman bölimi tomonidan DXX va IIB xodimlari bilan hamkorlikda “Yollama” bojxona posti oldida tezkor tadbir ötkazilgan. 

Tadbirda fuqaro D.M. (muqaddam sudlangan) noqonuniy daromad orttiriş maqsadida heç qanday hujjatsiz jami 15,6 ming quti “Metakandid” va “Asiprobankt” nomli xorijda işlab çiqarilgan dori vositalarini fuqaro M.A.ga 36 ming dollarga sotgan vaqtida aşyoviy dalillar bilan uşlangan.

Şu kabi, departamentning Yuqori Çirçiq tuman bölimi tomonidan ötkazilgan tezkor tadbirda fuqaro E.Q. va boşqalar özaro til biriktirib, tibbiy buyum hisoblangan Goodlife nomli infuzion eritmalarni quyişda foydalaniladigan 155 qutidagi jami 123 ming 456 dona “sistema”larni fuqaro X.A.ga 200 million sömga sotgan vaqtida aşyoviy dalillar bilan uşlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 186-3-moddasi (dori vositalarini yoki tibbiy buyumlarni dorixonalardan va ularning filiallaridan taşqarida realizatsiya qiliş) bilan jinoyat işlari qözğatilib, tergov harakatlari ötkazilmoqda.