AQSh Kongressi O‘zbekistonni Markaziy Osiyodagi taraqqiyotning oldingi safiga joylashtirdi
Yaqinda AQSh Kongressi Vakillar palatasining Tashqi ishlar bo‘yicha qo‘mitasida Vashingtonning mintaqaga nisbatan siyosatiga bag‘ishlangan «Markaziy Osiyodagi voqealar rivoji» mavzusida eshituvlar bo‘lib o‘tdi, deya xabar beradi «Jahon» AA.
AQSh Vakillar palatasining Yevropa, Yevroosiyo va yuzaga kelayotgan tahdidlar bo‘yicha quyi qo‘mitasi raisi Deyna Rorabaxer eshituvlarni ochib, Markaziy Osiyoda so‘nggi ikki yil davomida juda ijobiy rivojlanish dinamikasi kuzatilayotganini aytdi.
«Yangi prezident Shavkat Mirziyoyevning pragmatik siyosati tufayli bugungi kunda O‘zbekiston dunyoning ushbu qismida taraqqiyotning oldingi safidadir», - deya ta'kidlab o‘tdi kongressmen.
Uning fikriga ko‘ra, mintaqadagi boshqa ijobiy yangiliklarga Qozog‘istonning BMT Xavfsizlik kengashi doimiy bo‘lmagan a'zosi sifatida saylanishi, Qirg‘izistonda prezidentlik hokimiyati tinch yo‘l bilan o‘tgani aylandi. Markaziy Osiyo mamlakatlari savdo-sotiq, transport va infratuzilmani modernizatsiya qilish borasida yaqindan hamkorlik qila boshladi, bu mintaqada barqarorlik uchun asos bo‘lib xizmat qiladi.
Deyna Rorabaxerning aytishicha, Qo‘shma Shtatlar ushbu mamlakatlarga rivojlanishda, shuningdek, xavfsizlikni ta'minlash va giyohvand moddalarni noqonuniy aylanishiga qarshi kurash masalalarida faol yordam berishi kerak. Qonun chiqaruvchining ta'kidlashicha, «Markaziy Osiyodagi davlatlarning hamkorlikni kengaytirish uchun ochiqligiga zamin bor». Qo‘shma Shtatlar bilan qalin muloqotga qaratilgan eng muhim qadamlardan biriga O‘zbekistonning «Amerika Ovozi» radiokompaniyasi muxbiriga respublikada akkreditatsiya berilishi aylandi. Kongressmen «bu trend mintaqadagi boshqa davlatlar tomonidan ham rivojlantiriladi», degan umidni bildirdi.
Quyi qo‘mita katta a'zosi, yetakchi kongressmen Gregori Miksning o‘z kirish so‘zida qayd etishicha, Markaziy Osiyo uzoq yillar davomida Vashingtonning tashqi siyosati atrofida qoldi. So‘nggi yillarda mintaqa davlatlari demokratiyani mustahkamlashda jiddiy muvaffaqiyatlarga erishdi. Bir qator hal etilmagan muammolar qolmoqda, biroq AQSh bosim o‘tkazish emas, balki hamkorlikka e'tibor qaratishi kerak.
Mavzuga oid
11:54
WSJ: AQSh Putinning tahdidlaridan keyin yadro arsenalini kengaytirishga tayyor
11:22
Tramp qaytdi: bu dunyo siyosatida nimalarni o‘zgartiradi?
22:30 / 15.11.2024
Tramp jamoasi bilan Ukrainadagi urush tezroq tugaydi - Zelenskiy
19:22 / 15.11.2024