Navoiy viloyatida o‘rmon xo‘jaliklarini rivojlantirishga oid hukumat qarori qabul qilindi
“Navoiy viloyatida o‘rmon xo‘jaliklarini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi hukumat qarori qabul qilindi, deb xabar bermoqda “Huquqiy axborot” kanali.
Qaror bilan O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi tizimida Nurota davlat o‘rmon xo‘jaligi, Karmana tumanida O‘rmon xo‘jaligi ilmiy-tadqiqot instituti huzurida Cho‘l hududlarida o‘rmonchilikni rivojlantirish ilmiy markazi tashkil etildi.
Nurota tumani hududida pista, bodom va dorivor o‘simliklar plantatsiyalarini barpo etish, o‘rmonlarni tiklash, ihota o‘rmonzorlarini ko‘paytirishni ta'minlash Nurota davlat o‘rmon xo‘jaligining asosiy vazifasi etib belgilandi.
Cho‘l hududlarida o‘rmonchilikni rivojlantirish ilmiy markazining asosiy vazifasi, shu jumladan qum ko‘chishi va shamol eroziyalariga qarshi o‘rmon barpo etishning ilmiy texnologiyalarini ishlab chiqish hisoblanadi.
Qarorga ko‘ra, Nurota tumanidagi Sentapsoy va Cho‘ya hududlarida 10 ming gektar maydonda pista plantatsiyalari barpo etiladi.
Mavzuga oid
12:16 / 01.11.2024
Navoiyda odamlar daromadini ko‘paytirish masalasi ko‘rib chiqildi
21:27 / 31.10.2024
Navoiy davlat universiteti tashkil etildi
21:16 / 31.10.2024
Prezident Navoiy viloyatida yirik va strategik loyihalar bilan tanishdi
16:28 / 31.10.2024