Iqtisodiyot | 14:33 / 06.08.2018
7984
1 daqiqa o‘qiladi

Valyutani liberallashtirish boshlanganidan buyon yevro birinchi marta 9000 so‘mga yaqinlashdi

Foto: Yahoo Finanza

O‘zbekistonda birinchi marta yevro 9000 so‘mga yaqinlashdi. Bundan Markaziy bank ma'lumotlari darak beryapti.

7 avgustdan boshlab O‘zbekistonda Yevropa valyutasining kursi 9002 so‘mni tashkil etadi. Bu 2017 yil sentabr oyida valyutani erkinlashtirish boshlangandan buyon eng minimal ko‘rsatkichdir, o‘shanda yevro 9645 so‘m bo‘lgan edi.

2017 yil dekabridan kurs tez sur'atlar bilan o‘sib bordi va 2018 yil fevralida maksimal 10 196 so‘mga yetdi, shundan so‘ng past tushishni boshladi. Yevropa valyutasi 9000 so‘mlik ko‘rsatkich birinchi marta juda yaqin keldi.

Boshqa valyutalarga nisbatan yevro tushib ketayotgan bo‘lsa-da, biroq bunday keskin dinamikada emas.

Mavzuga oid