22:36 / 12.08.2018
6577

Italiyalik hamshira o‘zi ishlagan kasalxonaga 600 ming yevroni meros qilib qoldirdi

Italiyaning Triyest shahridagi kasalxonada ishlagan ayol ushbu muassasaga 600 ming yevroni meros sifatida qoldirdi, deb xabar berdi Il Piccolo nashri.
Mariya Bolonya ismli bu ayol o‘tgan yili 95 yoshida vafot etdi. O‘g‘li va eri vafot etganidan so‘ng ayolning yaqinlari qolmagandi va u umri davomida to‘plagan pullarini kasalxonaga berishga qaror qildi.

Olti yuz ming yevro kasalxonaning 2018-2020 yilgi byudjyeti uchun qabul qilindi. Bu mablag‘ yangi garderob qurish, qon quyish bo‘limiga yangi uskuna sotib olish hamda oshxona va kasalxonaga kirish yo‘lini ta'mirlash uchun sarflanadi.

Top