O‘zbekiston | 09:34 / 14.08.2018
42989
1 daqiqa o‘qiladi

Maktablardagi psixologlarning oyligi oshirildi va ularning soni qat'iy belgilab qo‘yildi

O‘zbekiston Respublikasi prezidenti “Yoshlarni ma'naviy-axloqiy va jismoniy barkamol etib tarbiyalash, ularga ta'lim-tarbiya berish tizimini sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘tarish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorni imzoladi.

Hujjat bilan umumiy o‘rta va o‘rta maxsus ta'lim muassasalarida o‘quvchilar sonidan kelib chiqib, 2018 yil 1 sentabrdan boshlab psixolog shtat birliklari maktabdagi o‘quvchilar soni 250 nafargacha bo‘lganda 1 shtat birligi, 250 nafardan 800 nafargacha 1,5 shtat birligi, 800 nafardan 1600 nafargacha 2 shtat birligi, 1600 nafardan 3000 nafargacha 2,5 shtat birligi, 3000 nafardan ortiq bo‘lsa 3 shtat birligi etib belgilandi.

Shuningdek, maktab psixologlarining bazaviy tarif stavkalari 2018 yil 1 sentabrdan mutaxassis o‘qituvchilar bazaviy tarif stavkalarining 90 foiziga tenglashtirildi hamda 2019 yil 1 yanvardan 1,1 baravarga oshirildi. Natijada maktab psixologlarining bazaviy tarif stavkalari 96 foizga oshdi.

Mavzuga oid