Sport | 12:20 / 30.08.2018
32263
4 daqiqa o‘qiladi

Fotojamlanma. O‘zbekistonlik eshkak eshuvchilar 4ta medal olishdi. Umumiy reytingdagi vaziyat

Bugun, 30 avgust sanasida Indoneziyaning Jakarta hamda Palembang shaharlarida XVIII yozgi Osiyo o‘yinlari davom ettirilmoqda.

Baydarka va kanoeda eshkak eshish bo‘yicha musobaqalarida o‘zbekistonlik sportchilar jami 4ta medalni qo‘lga kiritishdi.

Foto: Abdulloh Fayzullayev

Kanoeda eshkak eshish bo‘yicha O‘zbekiston sharafini himoya qilayotgan Dilnoza Rahmatova va Nilufar Zokirova juftligi ayollar o‘rtasida 500 metr masofaga o‘tkazilgan bahslarda marraga ikkinchi bo‘lib yetib keldi (2:06.160) va Osiyo o‘yinlari kumush medaliga sazovor bo‘ldi. Oltin medal Xitoy vakillariga, bronza esa indoneziyalik sportchilarga nasib etdi.

Foto: Abdulloh Fayzullayev

Vadim Menkov kanoeda 1000 metr masofaga eshkak eshishda 4:04.224 natija bilan birinchi bo‘ldi. U O‘zbekiston 4 marta Osiyo o‘yinlari chempioni bo‘lgan ilk sportchiga aylandi. Bungacha u Doha, Guanchjou va Incheonda o‘tkazilgan Osiyo o‘yinlarida chempion bo‘lgandi. U bunday natijaga erishgan birinchi o‘zbek sportchisi bo‘ldi.

Ikkinchi va uchinchi o‘rinlarni tojikistonlik Shahriyor Daminov (4:05.950) va eronlik Muhammad Nabi Rizo (4:06.434) egalladi.

Sovrindorlarga medallarni O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi bosh kotibi Jasur Matchanov topshirdi.

Foto: Abdulloh Fayzullayev
Foto: Abdulloh Fayzullayev
Foto: Abdulloh Fayzullayev
Foto: Abdulloh Fayzullayev
Foto: Abdulloh Fayzullayev
Foto: Abdulloh Fayzullayev

500 metr masofaga to‘rt kishilik ekipajda o‘tkazilgan bahslarda O‘zbekiston terma jamoasi vakillari (A.Tropin, V.Ibragimov, J.Nurmatov, A.Mochalov) marraga beshinchi bo‘lib yetib borishdi. Bu yo‘nalishda Qozog‘iston oltin, Janubiy Koreya kumush, Eron bronza oldi.

1000 metr masofaga juftlik bahslarida startga chiqqan Shahriyor Mahkamov va Shohruhbek A'zamov marraga uchinchi bo‘lib yetib keldi va bronza medaliga sazovor bo‘lishdi.

Bu yo‘nalishda oltin medal xitoylik Jang Dong va Bu Tingkai juftligiga, kumush medal esa qozog‘istonlik Ilya Golendov va Andrey Yerguchyov juftligiga tegdi.

Foto: Abdulloh Fayzullayev
Foto: Abdulloh Fayzullayev

1000 metr masofaga kanoeda eshkak eshgan Nurislom To‘xtasin o‘g‘li va Serik Mirbekov juftligi marraga uchinchi bo‘lib yetib bordi va O‘zbekiston hisobiga yana bir bronza medalni qo‘shib qo‘yishdi.

Oltin va kumush medallar yana xitoylik va qozog‘istonlik sportchilarga nasib etdi. Liu Hao va Vang Hao juftligi birinchi, Sergey Yemelyanov va Timofey Yemelyanov juftligi ikkinchi bo‘ldi.

Foto: Abdulloh Fayzullayev
Foto: Abdulloh Fayzullayev
Foto: Abdulloh Fayzullayev

Endilikda O‘zbekiston delegatsiyasi hisobidagi medallar soni 49taga yetdi - 13 oltin, 18 kumush va 18 bronza. Ayni vaqtda O‘zbekiston jamoasi 6-o‘ringa ko‘tarilgan.

Mavzuga oid