19:32 / 03.09.2018
7936

FIFA yilning eng yaxshi darvozaboni sovriniga uch nafar nomzodni e'lon qildi

FIFA 2018 yilning eng yaxshi darvozaboni bo‘lish uchun kurashadigan uch nafar nomzodni e'lon qildi.

Ular - Tibo Kurtua (Belgiya terma jamoasi, «Chelsi»/«Real»), Ugo Loris (Fransiya, «Tottenhem») va Kasper Shmeyxel (Daniya, «Lester Siti»).

Kurtua Belgiya terma jamoasi bilan jahon chempionatida bronza medallarini qo‘lga kiritib, musobaqaning eng yaxshi posboni deb topilgan edi. Loris Fransiya terma jamoasi bilan jahon chempioni bo‘ldi. Shmeyxel Daniya terma jamoasi bilan chorakfinalgacha yetib bordi va Xorvatiyaga penaltilar seriyasida yutqazdi.

G‘olib nomi 24 sentabr kuni Londonda o‘tkaziladigan yilning eng yaxshilarini taqdirlash marosimida e'lon qilinadi.

Mavzuga oid
Top