2011 yildan buyon transfer huquqi «Çelsi»ga tegişli bölib kelgan Tibo Kurtua bugundan e'tiboran rasman «Real» futbolçisiga aylandi.
Belgiya terma jamoasining 26 yoşli futbolçisi bugun Madridda tibbiy körikdan ötib, «qirollik klubi» bilan 6 yillik şartnomaga imzo çekdi. Taqdimot marosimi «Santyago Bernabeu» stadionining prezident zalida bölib ötgan.
Transfer qiymati 40 million yevroni taşkil etgani aytilmoqda.



Eslatib ötamiz, uşbu transfer doirasida «Real» yarimhimoyaçisi Mateo Kovaçiç bir yillik ijara şartnomasi asosida londonliklar klubi safiga ötadi.
Avvalroq Kurtua «Çelsi» muxlislariga murojaatida jamoani nega tark etganiga izoh bergandi.











