![](https://storage.kun.uz/source/3/hlAU6_GGmwOacq2bYwrJksGb_85ieP-P.jpg)
Foto : Roskosmos/Oleg Artemev
Eron yaqin orada orbitaga o‘zi ishlab chiqargan 3 ta sun'iy yo‘ldoshni chiqarmoqchi. Bu haqda Eron koinot agentligi rahbari Murtazo Baroriy ma'lum qilgan.
“Payama Amir-Kabir”, “Do‘sti” va “Nahid” deb nomlangan 3 ta sun'iy yo‘ldosh ayni vaqtda uchirilishga tayyor”, deb aytgan Baroriy.
Eron koinot agentligi rahbari sun'iy yo‘ldoshlar orbitaga joriy yilda chiqarilishiga umid qilib qolgan.