Eron Oliy sudi mamlakatning maşhur xip-xop artisti Tumaj Solihiyga nisbatan çiqarilgan ölim jazosi hukmini bekor qildi. U 2022 yilda politsiya bölimida vafot etgan Mahsa Aminiyning xotirasiga bağişlab matnlar yozgan. Bu haqda 22 iyun kuni uning advokati Amir Raysan X ijtimoiy tarmoğida xabar berdi.

«Kutilganidek, Oliy sud tuzatib bölmaydigan sud xatosidan qoçdi. Tumaj Solihiyga ölim hukmi bekor qilindi», deb yozgan Raysan va sud Solihiyning olti yillik qamoq muddatini ham «ortiqça» deb topgani, çunki jazo qonuniy ruxsat etilgan çoradan oşib ketganini, apellyatsiya qarori asosida iş körib çiqiş uçun tegişli organga yuborilişini bildirdi. 

AR agentligining aniqlik kiritişiça, videolardan birida Solihiy Aminiy haqida: «Şamolda soçlar bilan raqsga tuşiş kimningdir jinoyati böldi», deb aytgan. Boşqa bir satrda u Eron teokratiyasining qulaşini başorat qiladi. 

Reper 6 yilga qamalgan va noyabr oyida garov evaziga ozod qilingan 

Solihiy 2022 yil oktyabr oyida Eronda kurd qiz Mahsa Aminiy ölimi ortidan boşlangan namoyişlarni omma oldida qöllab-quvvatlagani uçun qölga olingan edi. Birinçi marta ozodlikka çiqqanidan köp ötmay, u uşlanganidan keyin qiynoqqa solinganini aytgan videomurojaatini e’lon qilganidan keyin yana qamoqxonaga jönatildi. 

2023 yil iyun oyida reper «yer yuzidagi korrupsiya» uçun 6 yillik qamoq jazosiga hukm qilindi - bu Erondagi eng oğir jinoyatlardan biri bölib, u böyiça ölim jazosi ham çiqarilişi mumkin. Musiqaçi «Internetda yolğon» va «davlatga qarşi taşviqot» tarqatiş, şuningdek, odamlarni zöravonlikka undaşda aybdor deb topildi. 

Coldplay guruhi a’zolari va qöşiqçi Sting eronlik reperni himoya qilib çiqişdi. Eron davlat matbuoti közi boğlangan ijroçining sözlari uçun keçirim söragani aks etgan videoni e’lon qildi – bu, ehtimol, bosim ostida berilgan bayonot bölgan bölişi mumkin. 

Eron hukumati Oliy sud qarori bilan 2023 yilning 19 noyabrida 32 yoşli musiqaçini garov evaziga yana qamoqdan ozod qildi. Uning advokati Amir Raysanning sözlariga köra, sud «dastlabki qarorda xatoliklarni» aniqlagan. 

Eronda Mahsa Aminiy ölimidan söng ommaviy norozilik namoyişlari