Jahon | 18:58 / 18.10.2018
6623
3 daqiqa o‘qiladi

OAV: Rossiya internet-trollari amerikaliklarga Brexit yordamida ta'sir ko‘rsatishga uringan

Foto: Dado Ruvic/Reuters

Twitter ijtimoiy tarmog‘i tomonidan e'lon qilingan, «Rossiya feyk akkauntlari» kontenti arxivida ko‘rsatilishicha, Brexit masalasi bo‘yicha ovoz berish kuni Buyuk Britaniyada «internet-trollar» tomonidan mamlakatning Yevropa ittifoqidan (YeI) chiqishi g‘oyasini ilgari surish kampaniyasi yuz bergan - Atlantic Council tahlilchilari shunday xulosaga kelishdi, deb yozmoqda The Times.

Shu tariqa, Rossiya bilan aloqador bo‘lgan «internet-trollar» #ReasonsToLeaveEU (#YeIniTarketishSabablari) heshtegi yordamida yolg‘on axborot tarqatish kampaniyasini ilgari surishgan. Tahlil markazidan ma'lum qilishlaricha, undan 2016 yilda Brexit bo‘yicha referendum kunida 1,1 ming marta ishlatishgan. Shu bilan birga, Atlantic Council eksperti Ben Nimmo bu heshtegni ijtimoiy tarmoqda trendga olib chiqishga qaratilgan soxta akkauntlarning « muvofiqlashtirilgan harakatini» qayd etdi.

17 oktabr kuni Twitter ijtimoiy tarmog‘i 2013 yildan 2018 yilgacha bo‘lgan davrda 3 841ta soxta akkauntdan e'lon qilingan, o‘z ichiga 9 milliondan ortiq xabarlarni qamrab oluvchi arxivni e'lon qildi. Soxta sahifalar Rossiyaning «Internet tadqiqotlar agentligi» bilan bog‘langan. Bundan tashqari, ijtimoiy tarmoq Eron bilan aloqador 770ta soxta akkauntga qarashli millionga yaqin xabarlarni oshkor etdi.

Times’ning yozishicha, «Rossiyaning yolg‘on axborot tarqatish kampaniyasi» Buyuk Britaniyadagi terrorchilik hujumlaridan so‘ng «islomofobiya» mazmunidagi postlarni o‘z ichiga olgan.

Atlantic Council’dan tushuntirishlaricha, Britaniyaga aloqador yirik tadbirlar bo‘yicha yolg‘on axborot tarqatishga oid Rossiya kampaniyasi AQSh fuqarolarining «qutblanishi»ga qaratilgan. Misol uchun, London ko‘prigi va «Manchester-arena» stadionidagi teraktlardan so‘ng o‘zini o‘nglar sifatida ko‘rsatganlar «musulmonlarni yomonlashgan», Brexit g‘oyalarini ilgari suruvchilar esa - globalchilarga hujum qilgan, deb yozadi gazeta.

The Guardian'ning Vashingtondagi raqamli sud ekspertizasi sohasidagi tadqiqot laboratoriyasiga (DFRLab) asosan ta'kidlashicha, har ikki kampaniya - ham Rossiyaniki, ham Eronniki - amerikaliklarga qarshi qaratilgan edi, biroq ularning «opportunistik» xususiyati zarba boshqalarga kelib tushganini ko‘rsatdi. Vashington tahlil laboratoriyasidan qayd etishlaricha, «Rossiya internet-trolli» haqiqiy onlayn faollik texnikasidan foydalangan, bu keyinchalik ularni haqiqiy akkauntlardan ajratishni qiyinlashtirgan.

Biroq, yolg‘on ma'lumot tarqatish kampaniyasi tvitter bilan cheklanmagan, deya yozadi The Guardian. Avvalroq, gazeta tomonidan o‘tkazilgan tekshiruv Rossiya feyk akkauntlari «noma'lum mualliflar» sifatida Britaniyaning 100ga yaqin xabarlarida keltirilganini ko‘rsatgandi.

Mavzuga oid