Jahon | 19:00 / 12.01.2019
13133
1 daqiqa o‘qiladi

Tramp Rossiya va AQSh o‘rtasidagi munosabatlar yaxshilanishini kutayotganligini bildirdi

Foto: RIA Novosti

AQSh va Rossiya bir kun kelib yaxshi munosabatlarni tiklaydi. Bu haqda AQSh prezidenti Donald Tramp o‘zining tvitterida yozdi.

"Men Rossiyaga nisbatan Obama, Bush yoki Klintondan ko‘ra qat'iyroq turdim. Ehtimol, boshqa har qanday prezidentdan ham ko‘radir. Shu bilan birga, men Rossiya bilan yarashish yomon emas, yaxshi ekanligini tez-tez aytib turaman. Bir kun kelib biz Rossiya bilan yana yaxshi munosabatlarni yo‘lga qo‘yishimizni kutmoqdaman!" deb yozdi AQSh prezidenti.

Donald Trampni Rossiya bilan aloqadorlikda ayblab, unga nisbatan turli tekshiruvlar o‘tkazilayotgan bo‘lsa-da, uning prezidentligi davrida Rossiya bilan munosabatlar anchagina yomonlashdi. Ikki davlat o‘rtasida o‘zaro sanksiyalar joriy etildi, turli masalalar bo‘yicha ziddiyatli munosabatlar yuzaga keldi.

Mavzuga oid