19:17 / 14.01.2019
11264

Tramp AQShda neft qazib olish hajmi o‘sishini "Rossiya uchun yomon xabar" dedi

Foto: AP Photo / Evan Vucci

AQSh prezidenti Donald Tramp AQShda neft qazib olish hajmi o‘sishi "Rossiya uchun yomon xabar" ekanligini aytdi.

"AQShda yonilg‘i narxi tushmoqda, chunki prezident Tramp energetika boshqaruvini kamaytirdi va endi har qachongidan ko‘proq neft ishlab chiqaryapmiz", deb yozdi AQSh prezidenti o‘z Twitter sahifasida.

"Ammo bu Rossiya uchun yomon xabar, Tramp nima uchun bunday qilishi mumkin? Kremlga ishlaydi deb o‘ylashganmidi?" deb qo‘shib qo‘ydi Tramp.

Tramp avvalroq AQSh va Rossiya o‘rtasidagi munosabatlar vaqti kelib yaxshilanishiga umid qilayotganligini yozgandi.

Top