Foto: Reuters

AQŞ prezidenti Jo Bayden jurnalistlarga Donald Tramp bilan debat oldidan bir neça bor uzoq masofali parvozlarni amalga oşirişi uning unçalik aqlli bölmagan harakati bölgani, şu tufayli uning çiqişi yaxşi muvaffaqiyatli bölmaganini aytdi.

«Gap şundaki, men u qadar aql-huşim joyida emasdi. Men debatlarlar oldin dunyo böylab sayohatga çiqdim va 100 ga yaqin soat belboğlarini kesib ötdim. Men öz yordamçilarimning gapiga quloq tutmadim, qaytib kelganimdan söng sahnada uxlab qolay dedim», — degan u seşanba kuni keçqurun Virjiniyada mablağ yiğiş tadbiri vaqtida öz safari töğrisida gapirarkan.

«Bu özimni oqlaş emas, balki tuşuntiriş berişdir», — deya qöşimça qilgan u.

Bayden 15 iyun kuni, respublikaçilar nomzodi bilan debatdan ikki haftaga yaqin vaqt oldin sönggi safaridan qaytgandi.

U şuningdek öz çiqişi uçun uzr söragan va noyabrda ötkaziladigan saylovlarda ğolib böliş uning uçun öta muhim ekanini aytgan, deb xabar qiladi ABC News.

Bu vaqtda Demokratik partiyada va uni qöllovçi liberal OAVda 81 yoşli prezidentning salomatligi va kognitiv qobiliyatlari böyiça xavotir kuçaymoqda.

Biroz avvalroq Texas ştatidan bölgan demokrat kongressmen Lloyd Doggett oşkora tarzda Baydenni debatdagi muvaffaqiyatsiz çiqişdan keyin iste’foga çaqirgandi.

«Umid qilamanki, u iste’foga çiqişdek oğriqli va qiyin qarorni qabul qiladi», — degan Doggett.

Seşanba kungi bayonotida Lloyd Doggett debatlar undagi Bayden saylov kampaniyasini davom ettirmasligi kerakligi haqidagi fikrlarni mustahkamlagan.

«Saylovçilarni tinçlantiriş örniga, prezident özining köplab yutuqlarini samarali himoya qila olmadi va Trampning köplab yolğonlarini foş etolmadi», — degan u.

Texasdagi Ostin şahridagi saylovçilar manfaatlarini ifoda etuvçi, ilk bor 1995 yilda qasamyod qilgan Doggettning özi 77 yoşda bölib, u Kongressga yana nomzodini qöygan.

Uning sözlariga köra, Baydenning soğligi yomonlaşuvi bilan boğliq xavotirlar tufayli Trampga yutqazişi uçun sabablar köpayib ketgan.

«Unda yetakçilarning yangi avlodini ilhomlantiriş imkoniyati bor, ulardan oçiq demokratik jarayon orqali mamlakatimizni birlaştiriş uçun nomzodni tanlaş mumkin, — degan Doggett. — Mening bu jiddiy mulohazalarni ommaga olib çiqiş qarorim yengiltaklik emas va heç qanaqasiga prezident Bayden qilgan barça işlarga hurmatimni kamaytirib qöymaydi».

Joriy haftada ayrim közga köringan demokrat kongressmenlar Baydenning kognitiv qobiliyatida yoşga boğliq özgarişlar va uning poygani davom ettiriş imkoniyati böyiça xavotirlarini bildirişgandi, ammo hozirça ulardan heç biri uni öz nomzodini qaytarib olişga çaqirmadi.

Tiğiz taqvim

Debatgaça bölgan 23 kun davomida Bayden özining nisbatan yoşroq yordamçilarini ham holdan toydirgan yuqori sur’atni saqlab qoldi: u xorijlik yetakçilar bilan körişiş maqsadida ikki bor Atlantika okeanini kesib ötdi, keyin esa Italiyadan Kaliforniyaga uçib, saylov kampaniyasi uçun xayriya mablağlari yiğiş tadbirida iştirok etdi, keyingi kuni Vaşingtonga qaytdi.

Oq uy vakillari oldinroq u debat kunida şamollab qolgani haqida xabar berişgandi.

Seşanba kungi çiqişida prezident betob bölgani haqida eslatib ötmadi. Oq uy matbuot kotibi avvalroq debat kuni u şamollaşga qarşi heç qanday dori qabul qilmaganini aytgandi.

Tramp bilan debatga tayyorlanarkan, davlat rahbari olti kunni Kemp-Devidda, Vaşingtondan 100 km masofadagi prezident qarorgohida ötkazdi.

Seşanba kuni The New York Times gazetasi Baydenning iş taqvimi bilan taniş bölgan anonim manbasiga havola qilgan holda debatlarga tayyorlangan kunlarda uning iş kuni soat 11:00 da boşlangani va har kuni uxlaş uçun vaqt ajratilgani haqida xabar bergan.

Birinçi ledi Jill Bayden öz turmuş örtoği saylovoldi kampaniyasini davom ettirişga qodirligi va şunday qilişi kerakligini aytmoqda

Gazeta şuningdek, u safarlardan şu qadar toliqqani, şu tufayli Delaverdagi uyida töliq dam olişi uçun debatlarga tayyorgarlik jarayoni ikki kunga qisqartirilgani haqida yozgan.

Uning matbuot kotibi Endryu Beyts esa prezident Kemp-Deviddaligida ertalabki maşğulotlardan keyinoq, soat 11:00 dan ança oldinroq işlaşni boşlaganini aytgan.

«Murakkab vaziyat»

Baydenning yoşi — saylovlar arafasidagi eng asosiy muammolardan biri sifatida muhokama qilinmoqda: sörovlarga köra, saylovçilar, u samarali işlaş uçun juda qarilik qiladi deb hisoblaşmoqda.

Ammo hozirça demokratlar partiya konferensiyasida aynan uni prezidentlik lavozimi uçun nomzod sifatida körsatişi kutilmoqda. Uning özi yöldan qaytmasligi va saylovlarda ğalaba qozonişiga va’da qilmoqda.

Boşqa yetakçi demokratlarning ham Baydenning ğolib çiqiş qobiliyati borasida xavotirlari bor, ammo poygadan çiqiş qarorini faqat uning özi qabul qilişi mumkinligi, uning xarakteridan kelib çiqilsa, buning ehtimoli deyarli yöqligini qayd etişmoqda.

«Jo Bayden özi töğri deb biladigan işni qilişi kerak böladi», — degan seşanba kuni MSNBC uçun bergan intervyusida Vakillar palatasining sobiq spikeri Nensi Pelosi.

Baydenning muhim tarafdorlaridan biri, Janubiy Karolinadan bölgan kongressmen Jim Klaybern agar Bayden iste’foga ketadigan bölsa, vitse-prezident Kamala Harris partiyadan nomzod bölişini qöllab-quvvatlaşini bildirgan, ammo ular bundan keyin ham duet sifatida işlaşda davom etişini xohlaşini qöşimça qilgan.

Merilendlik demokrat, kongressmen Jyeymi Raskin dam oliş kunlarida MSNBC telekanalidagi çiqişida debatlardan keyin «murakkab vaziyat» yuzaga kelganini ta’kidlagan.

«Partiyamizning barça darajalarida juda samimiy, jiddiy va batafsil muloqotlar ötkazilmoqda, — deya tan olgan u. — Prezident Bayden qanday qarorga kelişidan qat’i nazar, partiyamiz hamjihatligiça qoladi va bizning kampaniyaning olib borilişi haqidagi muhokamalarimiz markazida u turişi kerak».

Adaşuv va xatolar

81 yoşlilarga xos tarzda Bayden ham köp marta nomlarni unutib qöygan va faktlarni adaştirib yuborgan

Demokratiya partiyaga xayrixoh bölgan New York Times gazetasi prezidentning salomatligiga bağişlangan keng qamrovli maqolasida sönggi oylar va haftalarda Bayden tomonidan yöl qöyilayotgan xatolar ortgani özining atrofidagilarda ham taşviş uyğotayotgani qayd etilgan.

Garçi «köp hollarda» teranlik va işçanlikni saqlab qolayotgan bölsa ham, uning yoşidagi köplab odamlar qatori 81 yoşli Bayden ham noörin gapirib qöygan, nomlarni yoki faktlarni çalkaştirib yuborgan vaziyatlar bölmoqda, deya yozadi gazeta. Ammo sönggi vaqtlarda u bilan bir xonada ötiradigan kişilar bunday qöpol xatoliklar köpaygani va yanada xavotirli tus olganini qayd etişmoqda.

Bayden parişonxotir bölib qolgan oxirgi epizodlar maslahatçilarni ham, ittifoqçilarni ham xavotirga soldi, deya davom etadi gazeta.

6 iyun kuni Ikkinçi jahon uruşi davridagi ittifoqçilar desant tuşirganining 80 yilligi munosabati bilan ötkazilgan marosim vaqtida ham Bayden özini yaxşi his qilmagandi. Keyingi kun, prezident Volodimir Zelenskiy bilan uçraşuv vaqtida u Ukrainaga yangi harbiy yordam tranşining maqsadini notöğri tuşuntirib, bu mablağlar mamlakat elektr tarmoqlarini tiklaş uçun möljallanganini aytgandi.

New York Times suhbatdoşlari esa Bayden «köp hollarda» aqli raso va yaxşi suhbatdoş bölib qolişiga e’tibor qaratgan

10 iyun kuni u Qöşma Ştatlarda qullik bekor qilinganining yilligini nişonlaş marosimi vaqtida bir nuqtada qotib qolgandek köringandi. 18 iyun kuni immigratsiya masalalariga bağişlangan tadbirda u juda past ovozda sözlab, özining milliy xavfsizlik masalalari böyiça kotibining ismini eslaşga urinib, katta pauza qilganida yonidagilarni xavotirga solgandi: keyinroq atrofdagilar öşa vaqtda «larzaga tuşgani»ni aytişdi. Bayden öşanda öziga kelib, kotibning nomini eslay olgan, deya yozadi NYT.

Baydenning Italiyadagi «yettilik» sammitiga taşrifidan keyin unda iştirok etgan yevropalik yuqori martabali mulozim prezidentning jismoniy holati ötgan yil kuzidan buyon ança yomonlaşganini va yevropaliklar körgan narsalaridan hayratda qolişganini aytgan. Uning sözlariga köra, Amerika prezidenti vaqti-vaqti bilan «huşi joyida emasdek» köringan va uni sayr vaqtida suhbatga tortiş qiyin bölgan.

Şu bilan birga, naşr Bayden doim ham bunday holatda bölmasligiga e’tibor qaratgan.

Debatdagi fiaskodan keyingi kunlarda yordamçilar va u bilan uçraşgan kişilar, jumladan xorijlik rasmiylar uning holati yaxşiligini aytib, u milliy xavfsizlik böyiça muhim masalalarni muhokama qilişda qiyin munozaralarda iştirok etganiga misollar keltirişgan.

Oq uydagilar ham prezident ajoyib formada ekanini va uning debatdagi muvaffaqiyatsiz çiqişi normadagidan vaqtinça çetga çiqiş bölganini aytişgan.

Oq uy şifokori, Kevin K. ÖKonnor fevral oyidayoq kiçik muammolarga qaramay, prezident «iş uçun yaroqli» ekanini aytgandi. Uning sözlariga köra, testlar «Parkinson kasalligiga mos keladigan biror belgi»ni aniqlamagan.

Oq uydagilar prezident yaxşi formada ekani va demensiyaga qarşi dorilarga hojat yöqligini bildirgan

New York Times savollariga javob berarkan, Oq uy matbuot kotibi Beyts doktor ÖKonnor Baydenda Parkinson kasalligi bor-yöqligini aniqlaş uçun takroriy tekşiruvlar ötkazişga sabab topmaganini, unda kasallik alomatlari yöqligi va u davolaniş uçun heç qanday dori qabul qilmaganini aytgan.

Prezidentning yordamçilari NYT uçun intervyuda hamon uning aqli raso ekani, diqqatini jamlay olişi va tuşunarli gapirişi, debatdagi Bayden esa — ular har kuni muloqot qiladigan Bayden bölmaganini bildirişgan.

Bayden endi avvalgidek emas

Ammo, umuman olganda, Bayden bugungi kunga kelib uç yarim yil muqaddam lavozimga kirişganidagi kabi holatda emas, deya yozadi gazeta, Oq uy u ba’zida joylar, odamlar va sanalarni çalkaştirib yuboradigan çiqişlarning stenogrammasiga tuzatişlar kiritişiga töğri kelişini eslatgan holda. Sönggi marta debatdan keyin, Bayden xayriya keçasida uruş faxriylari töğrisida gapira turib Fransiya va Italiyani adaştirib yuborganida ham şunday qilingandi.

Undan biroz avvalroq, Ukrainaga harbiy yordam töğrisida gapirayotganida, u «Iroqqa mablağ ajratiş» töğrisida aytgandi — bu esa ilk holat emas va buni uning çiqişlari va Oq uy saytidagi stenogrammalarni soliştiriş orqali ham köriş mumkin.

Debatlardan keyin Baydenning atrofidagilarda prezidentning salomatligi yomonlaşişi tezlaşayotgani borasida xavotirlar kuçaydi. «Sönggi ikki yilda uning holati yomonlaşganini tuşuniş uçun Oval kabinetda Jo Bayden bilan birga ötiriş şart emas. Farq yaqqol közga taşlanadi», — degan prezidentlik siyosati tarixçisi Duglas Brinkli NYT uçun intervyuda.

Trampga qarşi muvaffaqiyatsiz debatdan keyin Bayden uning öşa oqşomdagi çiqişi — baxtsiz tasodif bölganini isbotlaşga harakat qildi. Keyingi kuni u saylovoldi mitingida jöşqin nutq sözladi va xayriya mablağlari yiğiş böyiça qator tadbirlarda qatnaşdi va bu uçraşuvlarda asabiy donorlarini tinçlantirişga urindi.

«U otaşin nutq sözladi, qoqilmadi, ğudranmadi va parişonxotir körinmadi, — degan Demokratik partiyaning Nyu Yorkdagi bölimi sobiq raisi, şanba kuni Ist-Hemptonda ötkazilgan fandrayzingda qatnaşgan Judit Houp. — U öziga öxşar, avvalgidek Jo amaki edi».

78 yoşli Tramp ham vaqt ötgan sayin yoşarmayapti, deya qayd etadi NYT. U köpinça nomlarni va tafsilotlarni çalkaştirib yuboradi va bir-biriga boğlanmagan gaplarni aytadi. Uning iş grafigi Baydennikidan erkinroq, u sport bilan şuğullanmaydi va yaqinda bölib ötgan sud jarayonida mudrab ötirgandi — lekin u buni ataylab qilgan bölişi ham mumkin. Uning saylovoldi ştabi uning salomatligi haqida qisqaça ma’lumot bergan — atigi uç abzatsda.

Şunga qaramay, Baydenning salomatligi saylovçilarni Trampnikidan köra köproq xavotirga solmoqda, ayniqsa debatlarda respublikaçilar nomzodi kutilmaganda özini ança xotirjam tutib, izçillik bilan gapirganidan keyin.

Baydenning Tramp bilan dastlabki debatlari 28 iyun kuni bölib ötgandi. Ikki nomzodning munozaralari çoğida Oq uyning amaldagi rahbari parişonxotir köringan, gaplarida tutilib qolib, aksariyat hollarda tuşunarsiz gapirgandi.

Demokratik partiya saflarida Baydenning elektoral istiqbollari borasidagi xavotir şu qadar kuçliki, New York Times gazetasining debatdan keyingi kundagi sonida çiqarilgan muharrir maqolasida ham oçiqçasiga prezident  saylov poygasini tark etişga çaqirilgandi.

CNN ma’lumotlariga köra, debat yakunlari böyiça amerikalik teletomoşabinlarning 67 foizi ğalabani Trampga tortiq etişgan. Baydenning muvaffaqiyatsizligi AQŞ demokratik partiyasi içida «sarosima» keltirib çiqargan, hattoki uning prezidentlik kampaniyasi homiylarida Bayden Trampga qarşi turib bera oladimi, degan ikkilaniş paydo bölgan.