O‘zbekistondan Rossiyaga vaqtinchalik migratsiya hajmi 2015 yil ko‘rsatkichlariga yetdi
O‘zbekistondan Rossiyaga vaqtinchalik migratsiya hajmi o‘sishda davom etmoqda. Bundan Rossiya Xalq xo‘jaligi va davlat boshqaruvi akademiyasining «Rossiya Federatsiyasidagi iqtisodiy vaziyat monitoringi» - 2018 yil dekabr oyi uchun hisoboti ma'lumotlari darak beryapti.
1 dekabr holatiga Rossiyada 1,8 million O‘zbekiston fuqarosi bo‘lgan. Taqqoslash uchun, 2017 yil 1 dekabrda 1,7 million kishi, 2016 yilda esa - 1,5 million kishi bor edi.
Shu tariqa, O‘zbekistondan vaqtinchalik migratsiya miqdori 2015 yil ko‘rsatkichlariga qaytdi va hattoki undan biroz oshdi (o‘shanda 1,888 million edi, 2018 yilda esa - 1,888 million kishi).
Shunga qaramay, tahlilchilarning ta'kidlashicha, inqirozgacha qadar bo‘lgan ko‘rsatkichlarga hali erishilmagan (2014 yil 1 dekabr holatiga ko‘ra O‘zbekistonning 2,2 mln fuqarosi Rossiyada bo‘lgan), 2013 yilgi ko‘rsatkichdan ortda qolish 25%ni tashkil qiladi.
2018 yilning 11 oyi mobaynida barcha migrantlar 53,4 milliard rublni mintaqaviy budjetlarga o‘tkazishdi. Eng katta hissa O‘zbekiston va Tojikistondan kelgan migrantlarga to‘g‘ri keladi, ular ishlash uchun berilgan barcha patentlarning 88 foizini olgan.
Mavzuga oid
21:00 / 07.10.2024
Ramzon Qodirov migratsiya siyosatida «o‘rta asr yondashuvlaridan» voz kechishga chaqirdi
20:07 / 07.10.2024
Rossiyada sakkiz nafar general lavozimdan olindi - OAV
20:51 / 04.10.2024
Rossiya «Tolibon»ni terrorchilar ro‘yxatidan chiqarish bo‘yicha ishlarni yakunlamoqda - FXX rahbari
18:42 / 04.10.2024