AQSh Afg‘onistondan qo‘shinlarini bir tomonlama tartibda olib chiqib ketishni rejalashtirmayapti
AQSh Afg‘onistondan qo‘shinlarini bir tomonlama tartibda olib chiqib ketishni rejalashtirmayapti, bu boradagi har qanday qaror NATO bilan kelishilgan holda qabul qilinadi. Bu haqda Pentagon rahbari vazifasini bajaruvchi Patrik Shanaxan Bryusselda bo‘lib o‘tgan mudofaa vazirlari uchrashuvi yakunida ma'lum qildi.
"Kuchlar bir tomonlama tartibda qisqartirilmaydi, bu o‘zaro hamkorlik doirasida kelishiladi", -dedi u jurnalistlarga.
Yanvar oyi oxirida AQSh prezidenti Donald Tramp Afg‘onistonda tinchlik o‘rnatish bo‘yicha kelishuvga erishilsa, qo‘shinlarini mamlakatdan olib chiqib ketishga tayyorligini bildirgandi. Afg‘onistonda AQSh qo‘shinlari 2001 yildan buyon bo‘lib turibdi.
Mavzuga oid
23:22 / 24.09.2024
BMT Afg‘onistonda ayollarga qo‘yilgan barcha cheklovlarni olib tashlashni talab qildi
19:37 / 24.09.2024
Muhojirlardan himoyalanish uchun: Eron Afg‘oniston bilan chegarada devor qurmoqda
19:37 / 24.09.2024
AQShda parkdan o‘g‘irlab ketilgan olti yoshli bola 70 yildan so‘ng topildi
19:24 / 24.09.2024