Jahon | 18:43 / 09.03.2019
12230
1 daqiqa o‘qiladi

OAV: Afg‘oniston markazida "Tolibon" harakatining komandiri yo‘q qilindi

Foto: EPA

Afg‘onistonning markaziy qismidagi Vardak viloyatida aviazarba natijasida "Tolibon" harakatining komandiri yo‘q qilindi. Bu haqda o‘z manbasiga tayanib The Khaama Press agentligi xabar berdi.

"Vardak viloyatining Sayidobod tumanida aviazarba natijasida toliblar komandiri Ubayd o‘ldirildi. Taxminlarga ko‘ra, Ubayd bir necha nafar davlat xizmatchilari va tinch aholini o‘ldirganlik uchun javobgardir", degan agentlik suhbatdoshi.

Agentlikning qayd etishicha, Vardak viloyati Afg‘onistonning markaziy qismidagi eng notinch hududlar sirasiga kiradi. Viloyatning ayrim tumanlarida "Tolibon" va boshqa guruhlar faol harakat qiladi.

Avvalroq Kobulda 7 mart kuni sodir etilgan hujumda kamida 11 kishi halok bo‘lgani va 95 kishi yaralangani xabar qilingandi.

Mavzuga oid