O‘zbekiston viloyatlarida Rossiyaning ulgurji savdo markazlari ochilishi kutilmoqda
Joriy yilning 6 mart kuni O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligida, O‘zbek-Rus qishloq xo‘jaligi bo‘yicha ishchi guruhining III yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Kun.uz muxbirining xabar berishicha, RF Qishloq xo‘jaligi vaziri o‘rinbosari Sergey Levin boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashuvda mamlakatlar o‘rtasidagi tovar ayirboshlash hajmini yanada oshirish maqsadida, ikki davlatning viloyatlarida Ulgurji savdo markazlarini tashkil etishni taklif etgan.
«O‘zbekistonda tashkil qilinishi rejalashtirilayotgan markazlarga Rossiyaning «Rosagromarkazi»ni integratsiya qilishga Rossiya tomoni tayyorgarligini e'lon qildi. Bu, o‘zbek meva-sabzavot mahsulotlarini bevosita Rossiyaning ulgurji bozorlariga yetkazilishiga imkon yaratadi», — Qishloq xo‘jaligi vazirligi axborotida.
Rossiya tomoni, ikki davlat o‘rtasida mavjud bo‘lgan «Yashil yo‘lak»larga yana 4ta o‘tkazish punkt qo‘shilib, ularning umumiy soni 11taga yetganini ma'lum qilgan.
«Endi soddalashtirilgan bojxona rasmiylashtiriluvi Astraxan, Dzerjinsk, Sankt-Peterburg va Kolomna punktlarida ham qo‘llaniladi», — deya ta'kidlaydi O‘zbekiston tomoni.
Ma'lum qilinishicha, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini bojxona rasmiylashtiriluvi jarayonida fitosanitariya nazoratini o‘tkazishni yanada soddalashtirish maqsadida ikki davlatning tartibga soluvchi organlari o‘rtasida elektron axborot almashinuvini yo‘lga qo‘yishga qaror qilindi.
Mavzuga oid
00:36
Moskva aeroportida Rossiya ta’lim vazirining sobiq o‘rinbosari qo‘lga olindi
14:20 / 21.12.2024
RF atletlariga neytral maqomda OO‘ga yo‘llanma olish uchun ruxsat berildi
11:41 / 21.12.2024
Rossiya va Ukraina halok bo‘lgan harbiylar jasadini almashdi
23:32 / 20.12.2024