Moskvadagi aeroportlarning birida firibgarlik işi böyiça federal qidiruvda bölgan Rossiya ta’lim vazirining sobiq örinbosari qölga olindi. Bu haqda mamlakat Içki işlar vazirligi xabar berdi.

Idora qölga olingan şaxsning ismini oşkor etmagan. Kuç tuzilmalariga yaqin bölgan Telegramʼdagi «112» kanalining yozişiça, uşlangan şaxs 2024 yil avgust oyida öz xohişiga köra lavozimdan ketgan Denis Gribovdir.

Tergov versiyasiga köra, sobiq vazir örinbosari şeriklari — böysunuvida bölgan institutning sobiq prorektori, kadrlar tayyorlaş sohasidagi kompaniya direktori va xodimi bilan Rossiya budjetidan kasb-hunar ta’limini rivojlantiriş uçun ajratilgan mablağlarni öğirlaş sxemasini işlab çiqqan. Ular pedagoglarga amaliyot ötaşlari uçun davlat şartnomasini tuzgan, biroq ularni ötkazmagan.

«Işning amalga oşirilganini tasdiqlaş uçun şeriklar soxta hisobot hujjatlarini tayyorlagan. 54 million rubldan ortiq budjet mablağlari özlaştirilgan va gumonlanuvçilar örtasida taqsimlangan», — deyiladi IIV xabarida.

Işga aloqador boşqa uç kişi ham uşlangan — ularning ham ismi oşkor etilmayapti.

Sobiq vazir örinbosari Rossiyadan taşqarida «tergovdan yaşiringan». Unga nisbatan ayblov va qidiruv e’lon qilingan. Sobiq amaldor mamlakatga uçib kelganida qölga tuşgan.