«Raqobat to‘g‘risida» va «Tabiiy monopoliyalar to‘g‘risida»gi qonunlar birlashtirilishi mumkin
Monopoliyadan chiqarish qo‘mitasida yangi tahrirdagi «Raqobat to‘g‘risida»gi qonun loyihasi muhokama qilina boshladi, deb yozmoqda Norma.
Yangi tahrirda ikkita: «Raqobat to‘g‘risida» va «Tabiiy monopoliyalar to‘g‘risida»gi qonunlarni qo‘shib yuborish nazarda tutilgan.
Qo‘mita mutaxassislari amaldagi qonun hujjatlarida nazarda tutilmagan alohida moddalarni kiritishni taklif qildilar:
• raqobat prinsiplari;
• davlat ko‘magi, monopsoniya (bozordagi vaziyat, bunda yagona xaridor ko‘plab sotuvchilar bilan hamkorlik qilib, ulardagi narx va sotish hajmini belgilaydi, tahr.) tushunchasining joriy etilishi;
• raqamli bozorlar;
• savdo faoliyatini monopoliyaga qarshi tarzda tartibga solish;
• monopoliyaga qarshi komplayens (tahdidlarga qarshilik qilish va xatarlarni boshqarish tizimi).
Qo‘mita biznes-muhit, ilmiy doiralar, ekspertlar hamjamiyati, jamoat va xalqaro tashkilotlar vakillarini ham mazkur qonunni takomillashtirishda ishtirok etishga chorlagan.
Mavzuga oid
08:08 / 07.11.2024
Monopoliyaga qarshi organ roziligisiz davlat ishtirokidagi korxona tashkil etilgan 4 ta holat aniqlandi
15:01 / 05.11.2024
Nyu-Yorkda piyodalarga yo‘lning istalgan joyidan istalgan vaqtda kesib o‘tishga ruxsat berildi
14:06 / 26.10.2024
Taom yetkazib berish xizmatlari bozori monopollashdi
17:49 / 23.10.2024