Turkiya AQShga F-35 o‘rniga boshqa qiruvchi samolyot sotib olishi mumkinligini bildirdi
AQSh F-35 qiruvchilarini yetkazib berishni rad etadigan bo‘lsa, Anqara ularning o‘rniga boshqa samolyot topadi, dedi Turkiya tashqi ishlar vaziri Mavlut Chovusho‘g‘lu.
"F-35 bor, Rossiya ishlab chiqaradigan samolyotlar ham bor. Agar F-35 sotib olishning imkoni bo‘lmasa, Turkiya boshqa davlatlardan muqobil samolyotlarni sotib oladi. O‘zimiz beshinchi avlod qiruvchilarini ishlab chiqarishni boshlagunimizga qadar shunday davom etadi", — dedi Chovusho‘g‘lu NTV telekanalida.
AQSh Anqara Rossiyadan S-400 zenit-raketa majmualarini sotib olayotgani uchun Turkiyaga F-35 qiruvchi samolyotlarini yetkazib bermaslik bilan tahdid qilmoqda. Vashington S-400 tizimlari NATO standartlariga mos kelmasligini ta'kidlamoqda va ularni sotib olganlik uchun sanksiyalar va'da qilmoqda.
Anqara esa S-400 tizimlarini sotib olishdan voz kechmasligini bir necha bor ta'kidladi.
Mavzuga oid
23:07 / 23.09.2024
AQSh Yaqin Sharqqa qo‘shimcha harbiy kuchlarni yuboradi
20:21 / 23.09.2024
Tramp saylovda yutqazsa, yana prezidentlikka nomzodini qo‘ymasligini aytdi
11:30 / 23.09.2024
AQSh Kongressida shatdaunning oldini olish uchun loyiha taqdim etildi
22:03 / 22.09.2024