Jamiyat | 09:00 / 04.07.2019
30512
8 daqiqa o‘qiladi

Cash back nima o‘zi? Undan kimga foyda?

Oxirgi paytda quloqqa ko‘p chalinayotgan so‘zlardan biri – Cashback! Nima o‘zi u? Undan kimga foyda? Keling, yaxshisi, ko‘pchilik tan olgan ma'lumotlar bazasi – “Vikipediya”ga yuzlanamiz.

Cashback (ingl.) yoki Cash back (amer.) termini naqd pulni qaytarish ma'nosini anglatib, bank ishi, elektron savdo va biznesda mijozlarni jalb qilish va ularning sodiqligini rag‘batlantirish maqsadida chegirmalar berishni ifodalash uchun ishlatiladi.

Chakana va elektron savdoda Cashback bu mijozga qaytarib beriladigan chegirma va bonuslarni bildirib, qo‘shimcha tovar olish, tovarga almashtirish yoki naqd pulda qaytarib berishni ko‘zda tutadi.

Bank sohasida Cashback mijozlarni kartalaridan tegishli savdo nuqtalarida savdoni rag‘batlantiruvchi dasturni bildiradi.

Cashback an'anaviy chegirmalardan farq qiladi va bunda xaridor sotuvchiga chakana narxda (odatdagi chegirmalar va aksiyalardagi narxlar ham hisobga o‘tishi mumkin) pulni to‘laydi va savdoning ma'lum bir qismi sifatidagi mukofotni sotuvchidan boshqa shaxs – sotuvchiga mijozlar kelishini ta'minlab bergan affilatdan (bankdan) oladi.

Cashback summasi bank hisobidan to‘lab beriladi va bunda mijozlarga qulay bo‘lishi uchun shartnomaga asosan jismoniy shaxslarning daromad soliqlarini ham bank to‘lab berishi mumkin.

Cashback manbai bo‘lib, savdoni rag‘batlantirib berganligi tufayli sotuvchi tomonidan bankka to‘lab berilgan mablag‘ bank daromadlari hisoblanadi.

Savdolashish – sunnat amal

Bu boradagi ayrim savollarimizga dindan javob qidiradigan bo‘lsak, savdolashish – sunnat amalligi, jarayon – yengil bo‘lishi va tomonlarga qulaylik yaratish lozimligi xaqidagi turli manbalardan keltirilgan hadislarni uchratishimiz mumkin.

Cash back – savdolashishning zamonaviy shakli

Hozir savdo tashkilotlari tomonidan savdoni rag‘batlantirish uchun turli chegirmalar berilayotganligi, aksiyalar va yutuqli o‘yinlar tashkil etilayotganligi e'tiborga tushmoqda. Bu esa, turli savdo va xizmat ko‘rsatish korxonalari tomonidan mijoz uchun, bozor uchun va kuchli raqobat sharoitida yashab qolish uchun kurash boshlanganligini anglatadi.

Turli savdo va xizmat ko‘rsatish nuqtalari tomonidan SKIDKA -10-70%, AKsIYa 2+1, RASSROChKA, ReALIZATsIYa, LIKVIDATsIYa kabi reklamalarni, tashqi reklamaga ko‘p pul sarflaganiga qaramasdan savdo rivojlanmaganligi, bankrot holatiga kelib qolganligini kuzatamiz.

Sabab: Aksiyalar, chegirmalar va reklama aksiyasini kerakli joyda va o‘z vaqtida amalga oshirilmaganligi, berilgan chegirmalarning mijozlar auditoriyasiga yetib bormaganligi.

Yana bir holat, ayrim supermarket va do‘konlarda sotib olmoqchi bo‘lgan narsasi bo‘yicha savdolashgani bois,“bu sizga bozor emas-ku” deya tanbeh eshitib noqulay vaziyatda qolgan xaridorlarni uchratamiz.

Sabab: xaridorga qulay vaziyat yo‘q, bozorga borib savdolashsa bo‘ladi, lekin sifatga kafolat yo‘q, supermarketga borsa, sifat bordir-u, savdolashishga imkon yo‘q.

Hi-tech bank XATB tomonidan taklif etilayotgan Cash back tizimi – savdolashishning zamonaviy shakli sifatida ko‘pchilikda qiziqish uyg‘otmoqda. Bu boradagi xizmatlarga aniqlik kiritish maqsadida Hi-tech bank XATB Boshqaruv Raisi o‘rinbosari Polvonov Shavkat Tagaymuratovich quyida o‘z fikrlarini bildirib o‘tgan.

Hi-tech bank XATB tomonidan taklif etilayotgan Cash back tizimi barcha tomonlar uchun manfaatli va foydaliligi bilan ajralib turadi, jumladan:

  • savdo nuqtasi savdo hajmining oshganligidan, aylanma mablag‘lari ko‘payganligidan va pul aylanmasi tezlashganidan daromad ko‘radi;
  • xaridor tegishli savdo nuqtalarida joriy narxda savdo qilish bilan birga qo‘shimcha daromadga ega bo‘ladi, Cash back kartadagi mablag‘larini istalgan ko‘rinishda, xohlasa, naqd holda ishlata oladi.
  • Bank tizim ishtirokchisi va tashkilotchisi sifatida daromad ko‘radi.

Cash back tizimi ishtirokchilari, savdo tashkilotlari va xaridorlar boshqalarga nisbatan bir qator afzalliklarga ega bo‘ladi, xususan:

Savdo va xizmat ko‘rsatish nuqtalari uchun afzalligi:

  • Chegirmalarni manzilli auditoriyaga berish orqali savdoni rag‘batlantirish;
  • Aksiyalar, chegirmalar, yangi tovar va xizmatlar xaqida mijozlarni o‘z vaqtida onlayn rejimda xabardor qilish;
  • Doimiy va barqaror mijozlar bazasini shakllantirish;
  • Bozordagi tegishli segment, hamkorlar, raqobatchilar va mijozlarga oid ma'lumotlardan o‘z vaqtida onlayn rejimda xabardor bo‘lish:
  • narxlar o‘zgarishi, takliflaringiz xaqida bo‘lajak mijozlaringizga sms-xabarnomalar jo‘natish;
  • Bank saytida tovar va xizmatlar reklamasini joylashtirish;
  • Savdo tashkilotiga oid ma'lumotni bank reklamasi bilan birga berilishiga erishish.

Xaridorlar uchun afzalligi:

  • Mijoz tegishli joyda savdo qilgani sari Cash back kartada pul yig‘iladi;
  • Kimda? Qancha? Cash back chegirmalar xaqida onlayn xabardor bo‘ladi;
  • Savdolashishning zamonaviy shakli - Cash back tizimidan foydalanadi;
  • Og‘zaki savdolashmay, gapirmasdan va ko‘p ham tortishmasdan bonus oladi;
  • Kimdan? Qancha chegirma bilan? Nima oladi? Buni o‘zi hal qiladi.
  • Cash back kartadagi pulni istalgan payt ishlatishi, istasa naqd olishi mumkin.

Hi-tech bank: Biz trendlarni belgilaymiz!

Ushbu shiori ostida yangi mahsulot va xizmat turlarini taqdim qilishni o‘z oldiga maqsad qilib qo‘ygan, jumladan, O‘zbekistonda birinchi bo‘lib, Hi-tech bank 2017 yilda Cash back tizimini joriy qildi va bugungi kunda bank tomonidan kutilmagan darajadagi chegirmalar mavsumi e'lon qilindi. Mazkur aksiyada ishtirok etgan mijozlar 9 turdagi bank xizmatlaridan BePUL foydalanish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

Bunday chegirmalar mavsumida, birinchilar doim qadrlangan. Birinchilardan bo‘ling va taklif etilayotgan xizmatlardan imtiyozli ravishda foydalanib qoling!

Hi-tech bank odatiy bank xizmatlarini ko‘rsatish bilan cheklanib qolish niyatida emas. Zamonaviy xizmatlar bilan bir qatorda, aholimizning diniy va an'anaviy qadriyatlarini e'tiborga olib, islom moliyasini O‘zbekistonga olib kirish va Islom bank ishi mahsulotlarini taqdim etishni rejalashtirgan.

Jumladan, Hi-tech bank Boshqaruv raisi Sattarov Barhayotjon Bahodirovich Al-Huda Centre of Islamic Banking and Economics (CIBE) Islom bank ishi va iqdisodiyoti Markazi vakillarini qabul qildi va O‘zbekistonda birinchilardan bo‘lib, Islom bank ishi mahsulotlari va xizmatlarini joriy etishda hamkorlik qilish bo‘yicha memorandum imzolandi.

Ta'kidlash joizki, islom moliyasi o‘zining barqarorligi va mukammal asoslarga qurilganligi bilan an'anaviy moliya tizimidan ajralib turadi.

Yangi trendlarni belgilash – bosh maqsadimiz!

Agar Siz yangi turdagi innovatsion bank xizmatlaridan birinchi bo‘lib foydalanishni xohlasangiz, Hi-tech bank mijoziga aylaning va bank tomonidan taklif etilayotgan innovatsion yechim va xizmatlardan foyidalaning hamda siz uchun taqdim qilinayotgan tuhfalardan bahramand bo‘ling.

Murojaat uchun telefon: (78) 150-33-66
E-mail: info@htb.uz
Sayt: www.htb.uz

Hi-tech bank XATB Matbuot xizmati

Reklama huquqi asosida