Jahon | 10:00 / 29.07.2019
120614
5 daqiqa o‘qiladi

«Moskva ko‘z yoshlarga ishonmaydi». Rossiya poytaxtida nimalar bo‘lmoqda?

Rossiya hukumati uchun Moskva shahar kengashi deputatlari saylovini o‘tkazish qimmatga tushmoqda. Shanba kuni yuz bergan hodisalar to‘lqinida mingga yaqin kishi qo‘lga olingani aytilmoqda. Unda qon to‘kildi, aksiya ishtirokchilari va davlat organi vakillari kaltaklandi. Bu nega yuz berdi? Undan ham asosiy savol: bu yana yuz beradimi?

Toki hukumat tizimli uyushmagan muxolifatning saylovda ishtirok etish imkoniyatini yo‘qqa chiqararkan, bu yana davom etishi mumkin.

Inqirozning boshlanishi

Foto: Yevgeniy Feldman

Shahar kengashi deputatligi uchun o‘tgan saylov atrofidagi inqiroz kutilgandek rivojlanmoqda. Negaki, saylovni o‘tkazishga mas'ul komissiya uyushmagan muxolifat vakillari, xususan mustaqil nomzodlar siyosiy poygada ishtirok etishini yoqlamadi. Komissiya turli vajlar, jumladan nomzodni qo‘llab-quvvatlovchilar imzosi to‘plangan varaqlarga putur yetganini aytdi. Haqiqiy imzolar soxta, deb topilgan vaziyatlar ham kuzatildi. Vaholanki, bularga oydinlik kirituvchi ekspertiza xulosasi shaffof bo‘lmagani iddao qilindi.

Tarafkashlar 20 iyul kuni ruxsat etilgan mitingni tashkil etdi. Ro‘yxatga olinmagan nomzodlar va ovoz beruvchilar uchrashuviga rasmiy hokimiyat jim qarab turmadi. Muxolifat yetakchilari qo‘noqlarida tungi tintuvlar boshlandi, namoyishkorona xalqni qo‘rqitish usuli tanlandi. Shanba kuni yana miting start oldi va qo‘lga olishlar davom etdi. Tergov qo‘mitasi kamdan-kam qo‘llangan jinoyat kodeksining bir moddasiga murojaat qildi: qo‘lga olinganlarning ayrimlari saylov komissiyasi ishiga bosim o‘tkazishga urinish bilan ayblandi.

Hukumat tanlagan pozitsiya avvaldan ma'lum edi: shahar meriyasi joylashgan Tverskaya ko‘chasida kafe, ko‘ngilochar va savdo markazlarni vaqtincha yopishni so‘radi. Rossiya Ichki ishlar vazirligi o‘sha kuni ko‘chaga 3,5 mingdan ortiq odam to‘planganini ma'lum qildi. Muxolifat ko‘cha aksiyasida ishtirok etganlar sonini 10 mingga yaqin bo‘lganini aytdi. Xullas, hukumat pozitsiyasi a) yetakchilarni ommadan ajratib olib, b) protest ishtirokchilarini meriyaga yaqinlashtirmaslik, v) aksiyada qattiq qarshilik ko‘rsatgan, giperfaol ishtirokchilar hamda shubhali shaxslarni qo‘lga olishdan iborat edi. Aslida, bu — protestlarni boshqarish nazariyasi.

Rasmiylar qo‘yilgan vazifani qisman uddaladi: shahar ichki ishlar boshqarmasi 1373 kishini qo‘lga oldi, aksiya ishtirokchilari tarqoqlashdi. Shunga qaramay, aksiya yarim tungacha davom etdi, ishtirokchilar shiorlarni tez o‘zgartirib, hukumat, yuqori rahbariyatni ham qoralab chiqdi. Ro‘yxatga olinmagan nomzodlardan biri Ilya Yashin esa yangi aksiya o‘tkazish muddatini belgiladi. Unga ko‘ra, saylov komissiyasi apellyatsiya murojaatini ko‘rib chiqishi bilan, 3 avgust kuni aksiya boshlanadi.

Sherga aylangan xalq

Foto: KIRILL KUDRYAVTSEV / BBC

Shanba mitingi bir masalaga oydinlik kiritdi: hukumat ro‘yxatga olinmagan nomzodlar masalasini qayta ko‘rib chiqmaydi, yon berish niyati yo‘q. Har qanday qarshilik va norozilik esa kuch bilan bosiladi. Moskvaliklar ro‘yxatga olinmagan nomzodlar bilan uchrashuvi yengil mitinglar uchun evfemizm bo‘lmasligi isbotlandi. Aksiyani tezkor yoritishga harakat qilgan «Dojd» telekanali studiyasiga politsiyaning bostirib kirishi esa «saylov komissiyasi faoliyatiga bosim o‘tkazish» aybi hali ko‘pchilik gardanida ekanligidan darak berardi.

Muxolifatning saylovga qo‘yilmasligi, ularning legitimligini yo‘qqa chiqarib, hukumat pozitsiyasidan tashqari fikrlovchi har kim bir shaxsning radikallashuviga olib keladi. Ayni paytda saylovda ishtirok etish mexanizmi qonunchilik nuqtai nazaridan qayta ko‘rib chiqilishi, imzolarni to‘plash usuli o‘zgartirilishi kerak.

O‘sib boruvchi protestlar

Foto: Yevgeniy Feldman

Ayrim davlatlarda saylovlar imitatsion kechadi. Shunga qaramay, o‘zgarishlarni talab qilayotgan muxolifat vakillari saylovlar orqali kengash qarorlariga ta'sir o‘tkazib, ish faoliyatga yangilik olib kirmoqchi.

Mavzuga oid