O‘zbekiston | 14:52 / 29.07.2019
7147
2 daqiqa o‘qiladi

Toshkentda shahar issiqlik tarmoqlari tizimi uzoq muddatli ijaraga berilishi rejalashtirilyapti

Foto: Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati

Toshkent shahar hokimi va Osiyo taraqqiyot bankining O‘zbekistondagi doimiy vakilligi direktori Sintiya Malvichini tomonidan “Toshkent shahar issiqlik tarmoqlari tizimini uzoq muddatli ijara shartida boshqaruvga topshirish bo‘yicha konsultatsiya xizmatlarini ko‘rsatish bo‘yicha kelishuv” imzolandi.

Mazkur Kelishuv doirasida Osiy taraqqiyot banki Loyihadagi bitimlar bo‘yicha Toshkent shahar hokimligining eksklyuziv konsultanti sifatida xorijiy kompaniyalardan kelib tushgan takliflarni baholash hamda amaldagi Davlat-xususiy sherikchiligi to‘g‘risidagi qonun talablariga ko‘ra, xorijiy kompaniyalaridan kelib tushgan takliflar asosida tender tanlovini o‘tkazib, eng maqbul xorijiy kompaniyani “Toshissiqquvvati” DUK bilan Ijara shartnomasini imzolashda ko‘maklashadi. 

Davlat-xususiy sherikchiligi shartlari asosida mazkur loyihani amalga oshirishdan asosiy maqsad Toshkent shahar kommunal xizmat ko‘rsatish sohasiga xorijiy investorlarni keng jalb qilgan holda, issiqlik tarmoqlarini modernizatsiyalash va rekonstruksiyalash, tarmoqlardagi bugungi kunda mavjud yo‘qotishlarni butkul bartaraf etish va sohada avtomatlashtirilgan xorijiy IT texnologiyalarini qo‘llash orqali yuzaga kelayotgan avariya holatlarini oldini olish hamda Toshkent issiqlik ta'minotida zamonaviy menejment usullari va jarayonlarni qo‘llashdan iborat.

Bu Toshkent shahri aholisi uchun yanada keng qulayliklar va sharoitlar yaratadi, deyiladi poytaxt hokimligi xabarida.

Mavzuga oid