Qozog‘istonning Turkiston viloyatidagi yo‘l-transport hodisasida ikki o‘zbekistonlik halok bo‘ldi
14 avgust kuni Qozog‘istonning Turkiston viloyatida Olmaota-Toshkent-Termiz avtotrassasida yo‘l-transport hodisasi ro‘y berdi. Unda 3 kishi, jumladan 2 nafar yo‘lovchi – O‘zbekiston fuqarolari M.I. va G.T. vafot etdi. Bu haqda O‘zbekistonning Olmaota shahridagi Bosh konsulxonasiga tayanib O‘zbekiston TIV matbuot xizmati xabar berdi.
YTH bo‘yicha jinoiy ish ochilib, tergov olib borilmoqda.
Bosh konsulxona vaziyatni nazoratga oldi va marhumalarning jasadlarini vatanga yuborish bo‘yicha ularning oila a'zolariga konsullik-huquqiy va tashkiliy masalalarni hal qilishda yordam ko‘rsatmoqda.
Konsullik-huquqiy departamenti fojiali yakun topgan YTH munosabati bilan hamdardlik bildiradi hamda Qozog‘istonning Olmaota va Chimkent shaharlari, Olmaota, Sharqiy Qozog‘iston, Turkiston, Jambil va Qizilo‘rda viloyatlari hududida bo‘lib turgan O‘zbekiston fuqarolari zarur hollarda mamlakatimizning Olmaota shahridagi Bosh konsulxonasiga +7-727-291-11-78 telefon raqami orqali murojaat qilishlari mumkinligini eslatadi.
Mavzuga oid
22:16 / 27.09.2024
To‘qayev korteji marshrutidan o‘q otish qurollari topildi
20:17 / 27.09.2024
Qozog‘istonda o‘zining ichki organlarini qariyb 19 ming dollarga sotmoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi
14:00 / 27.09.2024
O‘zbekiston va Qozog‘iston chegarasini demarkatsiya qilish shartnomasi BMTga topshirildi
19:18 / 25.09.2024