Yo‘lovchi samolyotini makkajo‘xori dalasiga qo‘ndirgan uchuvchilarga Rossiya qahramoni unvoni berildi
Rossiya prezidenti Vladimir Putin Moskva viloyatida A321 yo‘lovchi samolyotini makkajo‘xori dalasida favqulodda qo‘ndira olgan uchuvchilarga Rossiya qahramoni unvonlarini berdi.
Putin bu haqda xavfsizlik kengashining doimiy a'zolari bilan yig‘ilishni ochayotgan vaqtda ma'lum qildi.
Uning ta'kidlashicha, samolyot sardori Damir Yusupov va ikkinchi uchuvchi Georgiy Murzin Rossiya qahramonlari unvonlari bilan, ekipajning qolgan a'zolari esa “Jasorat” ordenlari bilan mukofotlanishgan.
Rossiya prezidenti bunday voqealar kamroq yuz berishiga umid bildirgan.
“Uralskiye avialinii” aviakompaniyasining Moskvadan Simferopolga uchayotgan samolyoti Jukovskiy aeroportidan havoga ko‘tarilishidan ko‘p o‘tmay baliqchi qushlar galasi bilan to‘qnashib ketgan. Oqibatda qushlar samolyot dvigateliga tushgan. Shundan keyin uchuvchilar Ribinskoye qishlog‘i yaqinidagi dalaga qo‘nishga qaror qilishgan. Rosaviatsiya rahbari Aleksandr Neradkoning ta'kidlashicha, bu yagona to‘g‘ri qaror bo‘lgan.
Samolyotda 226 yo‘lovchi va ekipajning 7 a'zosi bo‘lgan.
Layner o‘chirilgan dvigatellar va ko‘tarilgan shassilar bilan qo‘nishni amalga oshirgan. Ekipaj yo‘lovchilarni qutqaruv trapi orqali evakuatsiya qilgan. Oxirgi ma'lumotlarga ko‘ra, 76 kishi tibbiy yordam so‘rab murojaat qilgan.
Mavzuga oid
20:47 / 21.09.2024
Norvegiyadan Ispaniyaga uchgan samolyot sichqon sabab avariyaviy qo‘nishni amalga oshirdi
18:55 / 14.09.2024
AQShda vodorodda harakatlanadigan noyob samolyot taqdim etildi
21:38 / 05.09.2024
AQSh Dominikanda Maduroga tegishli ikkinchi samolyotni aniqladi
20:50 / 23.08.2024