Jahon | 15:54 / 23.09.2019
8858
1 daqiqa o‘qiladi

"AQSh agenti" deyilayotgan Smolenkov bedarak yo‘qolgan shaxs sifatida qidiruvga berildi

Foto: RIA Novosti

OAV Amerika maxsus xizmatlari ayg‘oqchisi deb atayotgan Oleg Smolenkov bedarak yo‘qolgan shaxs sifatida Rossiyada qidiruvga berildi. Bu haqda RIA Novosti xabar berdi.

Rossiya IIV ma'lumotlar bazasiga Smolenkov "bedarak yo‘qolgan shaxs" sifatida kiritilgan va shu sabab bo‘yicha qidiruvga berilgan.

Avvalroq CNN telekanali AQSh maxsus xizmatlari 2017 yilgi maxfiy operatsiya chog‘ida Rossiyadan o‘z agentini olib chiqib ketganini xabar qilgandi.

Telekanalning ta'kidlashicha, u "Rossiya rahbariyatida ishlagan". Shu bilan birga AQSh prezidenti Donald Tramp bu voqea haqida hech narsani bilmasligini aytdi.

Mavzuga oid