Rossiya o‘zining muhrlab qo‘yilgan raketa tashuvchi samolyotlarini chiqarishga qaror qildi
Rossiya Xabarovsk yaqinidagi Kamenniy Ruchey bazasida saqlanayotgan uzoq masofaga raketa tashuvchi Tu-22M3 samolyotlarini konservatsiyadan chiqarishga va modernizatsiyadan so‘ng kosmik-havo kuchlari tarkibiga qaytarishga qaror qildi. Bu haqda MilitaryWatch xabar bermoqda.
Samolyot Qozondagi aviazavodga keltirilishi va Tu-22M3M darajasigacha modernizatsiya qilinishi kutilmoqda, shundan so‘ng u foydalanishga topshiriladi.
Nashrning qayd etishicha, Tu-22M3 hali-hamon Yevropa va Osiyo-Tinch okeani mintaqasidagi nishonlarga aniq zarba beruvchi zamonaviy qurol bo‘lib qolmoqda.
Bundan tashqari, modernizatsiya davomida uni gipertovushli «Kinjal» raketalari bilan qurollantirish mumkin bo‘ladi.
Xabar qilinishicha, hozirda Rossiya kosmik-havo kuchlari ixtiyorida 1,8 mingdan ortiq samolyot bor.