Sport | 16:54 / 21.11.2019
21445
3 daqiqa o‘qiladi

Reyting: Muxlislar tashrifi borasida O‘zbekiston milliy jamoasi Osiyoda nechanchi o‘rinda?

Foto: Tribuna.uz

JCh-2022 ikkinchi saralash bosqichi 6-turidan so‘ng, o‘z stadionida eng ko‘p muxlis tashrif buyurayotgan Osiyo milliy jamoalar nomi ma'lum bo‘ldi.

O‘tgan olti turdan keyin Osiyo terma jamoalari ishtirokidagi uy o‘yinlarida muxlislarning stadionlarga o‘rtacha tashrifi borasida Malayziya milliy jamoasi yetakchilik qilmoqda. Kuala-Lumpurdagi «Bukit Jalil» stadionida milliy jamoaning o‘yinlarida o‘rtacha 52 536 nafar tomoshabin tashrif buyurmoqda.

Xususan, 19 noyabr kungi 6-tur o‘yini Malayziya – Indoneziya uchrashuvida stadionga 75 044 muxlis tashrif buyurgan. Bu JCh-2022 Osiyo saralash bosqichidagi rekord natija bo‘lib turibdi.

Muxlis to‘plash bo‘yicha 2-o‘rinda Kambodja milliy jamoasi o‘rin olgan. Poytaxt Pnompendagi 50 ming tomoshabin sig‘imli «Olimpiya» stadionida o‘rtacha 46 253 tomoshabin tashrif buyurmoqda.

Osiyo futboli yetakchilaridan sanalmish Yaponiya esa bu borada 3-o‘rinda. «Samuraylar» ishtirokidagi uy uchrashuvini o‘rtacha 43 122 nafar ishqiboz kuzatgan.

JCh-2022 saralash bosqichi 6-turidan keyin «D» guruhida peshqadamlik qilayotgan O‘zbekiston milliy jamoasi o‘z maydonidagi muxlislar tashrifi bo‘yicha Osiyoning 9-jamoasi bo‘lib turibdi. Statistikaga ko‘ra, bosh jamoamiz ishtirokidagi Toshkentdagi «Paxtakor» stadionida o‘tayotgan o‘yinlarda o‘rtacha 26 413 tomoshabin tashrif buyurmoqda.

Quyida uy o‘yinlarida o‘rtacha tomoshabin tashrifi borasidagi Osiyo terma jamoalari reytingi bilan tanishing:

1. Malayziya - 52 536 tomoshabin

2. Kambodja – 46 253 tomoshabin

3. Yaponiya - 43 122 tomoshabin

4. Xitoy – 39 987 tomoshabin

5. Hindiston – 38 250 tomoshabin

6. Vetnam – 38 712 tomoshabin

7. Iroq – 32 340 tomoshabin

8. Qatar – 26 731 tomoshabin

9. O‘zbekiston – 26 413 tomoshabin

10. Turkmaniston – 26 268 tomoshabin

15. Janubiy Koreya – 23 225 tomoshabin

18. Avstraliya – 18 563 tomoshabin

19. Tojikiston – 18 450 tomoshabin

20. Eron – 15 823 tomoshabin

21. Qirg‘iziston – 15 472 tomoshabin.

22. Saudiya Arabistoni – 14 560 tomoshabin

40. Guam – 905 tomoshabin. 

Mavzuga oid