Jamiyat | 12:30 / 03.12.2019
6017
2 daqiqa o‘qiladi

IIV Ohangaronda piyodani urib yuborib, YTH joyidan yashiringan haydovchini qidirmoqda

Illyustrativ foto

2019 yil  2 dekabr kuni tonggi soat 05:30larda “Olmaliq-Toshkent” avtomobil yo‘lining Ohangaron tumani hududidan o‘tgan 6-kilometrida noma'lum haydovchi noma'lum transport vositasini boshqarayotib, yo‘lni kesib o‘tayotgan piyodani urib yuborib yo‘l-transport hodisasi sodir etgan. 

O‘zbekiston Respublikasi IIV YHXBB xabariga ko‘ra, hodisadan so‘ng haydovchi jabrlanuvchiga yordam ko‘rsatmasdan voqea joyidan qochib ketgan. Piyoda olgan  og‘ir darajadagi tan jarohatlari sababli voqea joyida vafot etgan.

Mazkur holat yuzasidan  O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 266-modda 2-qismi va 117-modda 2-qismlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda noma'lum haydovchini aniqlash yuzasidan qidiruv va surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Yo‘l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi  ushbu holat yuzasidan biror-bir ma'lumotga ega bo‘lgan fuqarolardan jinoyatni fosh  etishda  amaliy  yordam   ko‘rsatishlarini   hamda (71)-267-63-79, (71)-267-63-15 yoki (98)-309-87-88 telefoniga qo‘ng‘iroq qilib mavjud ma'lumotlarni taqdim etishlarini so‘ragan. Ma'lumot taqdim etgan fuqaroning shaxsi oshkor etilmaydi.  

Mavzuga oid