Zelenskiy Ukraina"katta xo‘jayinlar"ning dasturxonidagi "taom" bo‘lishini istamasligini aytdi
Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy mamlakati "buyuk xo‘jayinlar" dasturxonidagi taom bo‘lishini istamasligini bildirdi.
AQShning Time jurnali o‘z muqovasiga Vladimir Zelenskiyning suratini joylashtirdi. Surat ostiga “O‘rtadagi odam. Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Putin va Tramp o‘rtasida bo‘lish haqida” deb yozilgan. Nashrning Facebook’dagi sahifasida Zelenskiy jurnalning 16 dekabrda chiqadigan xalqaro versiyasida paydo bo‘lishi ma'lum qilingan.
Zelenskiy "Savik Shusterning so‘z erkinligi" ko‘rsatuvida "o‘rtada" bo‘lishni yoqtirmasligini aytdi.
"Biz katta xo‘jayinlar dasturxoniga tortiladigan taom bo‘lishimizni aslo istamayman. Men bu dasturxon atrofida o‘tirishimizni va teng huquqli, kuchli mamlakat bo‘lishimizni istayman", - dedi Ukraina prezidenti.
Zelenskiyning Time muqovasida paydo bo‘lishi “normand to‘rtligi” sammitida ishtirok etishiga bir necha kun qolganda yuz berdi. Zelenskiy ushbu sammitda Rossiya, Fransiya va Germaniya yetakchilari bilan birga Donbassdagi vaziyatni tartibga solish masalasini muhokama qiladi.
Mavzuga oid
22:02 / 05.10.2024
G‘arb va Ukraina urushni tugatish sxemasini muhokama qilmoqda - OAV
10:50 / 05.10.2024
Surishtiruv: BR ukrainalik bolalarni harbiylashtirishga aloqador
09:50 / 05.10.2024
AQSh Ukraina uzra Rossiya raketalarini urib tushirishdan bosh tortganiga izoh berdi
08:30 / 05.10.2024