20:43 / 17.12.2019
1
13255

AQShda 40 yil avval jurnalist ayolni o‘ldirgan jinoyatchi topildi 

AQSh politsiyasi 40 yil avval yosh jurnalist ayolni o‘ldirgan shaxsni DNK tahlili yordamida aniqlay oldi. Bu haqda Fox News telekanali xabar berdi. 

gumondor Jyeyms Kertis

Tergov ma'lumotlariga ko‘ra, 21 yoshli Xelen Prushinski ismli jurnalist Kolorado shtatida o‘g‘irlanib, o‘ldirib ketilgan. Uning jasadi 1980 yil 16 yanvarda jinsiy zo‘ravonlik izlari bilan aniqlangan. Jurnalist bo‘lishni istagan qiz o‘ldirilishidan ikki hafta oldin Denverga mahalliy radiostansiyada tajriba orttirish uchun ko‘chib kelgan.

Tergovchilarda o‘shanda qotilni topish uchun hech qanday ilmoq bo‘lmagan. Jinoyatni fosh qilishga qurbon tanasida topilgan biologik material namunalarini tahlil qilishning zamonaviy texnologiyalari yordam berdi.

Qizning o‘ldirilishida gumon qilinib Florida shtatida yashovchi 62 yoshli haydovchi Jyeyms Kertis Klenton hibsga olindi. U Koloradoga yetkazilib, 16 dekabrda sud oldida javob berishni boshlagan.  

Oxirgi vaqtda AQSh huquq-tartibot idoralari genetik testlar evaziga bir necha o‘n yillar avval sodir etilgan jinoyatlarni fosh qilishga muvaffaq bo‘lishmoqda.  

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top