O‘zbekiston | 13:31 / 08.01.2020
6761
1 daqiqa o‘qiladi
O‘zbekiston - Tojikiston demarkatsiya komissiyasining birinchi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
2020 yilning 7 yanvar kuni Toshkent shahrida O‘zbekiston Respublikasi va Tojikiston Respublikasi Qo‘shma demarkatsiya komissiyasining birinchi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
TIV xabariga ko‘ra, muzokaralar chog‘ida strategik sherikchilik bilan mustahkamlangan ikki tomonlama munosabatlarning yuqori darajada ekanligi qayd etildi.
Yig‘ilishda O‘zbekiston-Tojikiston Davlat chegarasini demarkatsiya qilish uchun asos bo‘ladigan normativ-huquqiy va texnik hujjatlar tasdiqlandi. Shuningdek, 2020 yil uchun uchrashuvlar reja-jadvali kelishildi.
Muzokaralar konstruktiv va do‘stona muhitda o‘tdi, deyiladi xabarda.
Qayd etilishicha, tadbir yakuniga ko‘ra tegishli Bayonnoma imzolandi.
Mavzuga oid
14:40 / 16.09.2024
Germaniya chegaralarida umumiy tanlangan nazorat joriy etilyapti
22:31 / 12.09.2024
Vengriya Yevrokomissiyaga qarshi da’vo arizasini kiritishi mumkin
22:34 / 11.09.2024
Tojikiston muftiysi hujumga uchradi
21:41 / 10.09.2024