Ispaniya Superkubogining ikkinchi yarimfinalida «Barselona» Madridning «Atletiko»siga qarshi bahs yuritib, alamli mag‘lubiyatga uchradi. Qiziqarli kechgan bahsning so‘nggi daqiqalarida Diyego Simeone shogirdlari g‘alabani ilib ketishdi.
Shu tariqa 12 yanvar kuni o‘tadigan final bahsida «Madrid derbisi» kuzatiladi.
Ma'lumot uchun, 8 yanvar kuni bo‘lib o‘tgan dastlabki yarimfinalda «Real» «Valensiya»dan ustun kelgandi (3:1).
Ispaniya Superkubogi, yarimfinal
Barselona – Atletiko 2:3
9 yanvar, «King Abdullah Spors City»
Gollar: Messi (51), Grizmann (62) – Koke (46), Morata (81, penalti), Korrea (86).
Barselona: Neto, Umtiti, Alba, Pike, Serji Roberto, de Yong (Fati, 88), Vidal, Buskets (Rakitich, 86), Grizmann, Messi, Suares.
Atletiko: Oblak, Lodi (Vitolo, 67), Savich, Tripper, Felipe, Saul, Errera (Koke, 46; Lorente, 72), Korrea, Tomas, Felish, Morata.
Ogohlantirishlar: Pike (31), Tomas (35), Suares (45), Savich (45), Felipe (64), Lorente (72), Vidal (77), Neto (80).