Klub rasmiy sayti xabariga köra, Xavi bilan 2025 yilning yoziga qadar imzolangan amaldagi şartnoma bekor qilingan. Uning murabbiylar ştabidagi yordamçilari ham jamoani tark etgan. Klub iste’foga çiqarilgan mutaxassislarga keyingi faoliyatiga omad tiladi.
«Barsa» matbuot xizmati Hans-Diter Flik jamoaning yangi boş murabbiyiga aylanganini rasman e’lon qildi. Germaniyalik 59 yoşli murabbiy bilan 2026 yilning yoziga qadar möljallangan 2 yillik şartnoma imzolangan. Flikga avvalgi iş joyi Germaniya milliy jamoasida yordam bergan assistentlari Kataloniya klubida ham u bilan birga işlaydigan böldi.
Avvalroq, Kataloniya klubi Xaviga 2,5 million yevro miqdorida tovon puli tölaşi haqida xabar qilingan, Hans-Diter Flikning yangi klubidagi yillik maoşi esa 3 mln yevroni taşkil etişi xabar qilingandi.
Ma’lumot uçun, Flik 2019-2021 yillarda «Bavariya»da boş murabbiy sifatida işlab, tanilgandi. Ungaça u turli klublarda yordamçi murabbiy va sport direktori sifatida faoliyat yuritgan.












